Skip to main content
Taqriz №8


“O’n besh yoshli kapitan”

Jyul Vern
(1828-1905)

“O’n besh yoshli kapitan” asari 1878-yilda yozilgan va bu asar  fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasida qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerikaga borishmoqchi bo’ladi, ammo ikkala kompasning “tasodifan” ishdan chiqishi ularni yo’ldan chalg’itadi. Janubiy Amerikaga emas Gorn burni orqali Markaziy Afrikaga borib qoladi. Kema qoyaga urilganidan so’ng kemani dengizda qoldirib, sohilga chiqishga majbur bo’lishadi. Afsuski, ular Afrikada ekanliklarini kech payqashadi. O’sha davrda Afrikada hali ham davom etayotgan quldorlik tuzumi sayohatchilar – Ms.Ueldon, Kichkina Jek, Benedikt tog’a va Nan kampirning boshiga og’ir musibatlarni soladi. Ammo Dik Sendning tadbirkorligi va har qanday vaziyatdan chiqib keta olishi bilan ular Ispan portiga yetib olishadi va u yerdan ona yurti Amerikaga jo’nab ketishadi.
Bu sarguzasht asar har qanday yoshdagi insonni o’ziga jalb qila oladi. Bu asarni o’qiyotganimda men ham o’zimni o’sha sayohatchilardan biri deb tasavvur qildim. Asar menga har qanday holatga tushishimizdan qat’iy nazar hech qachon taslim bo’lmaslikni, hech qachon ortga chekinmaslik kerakligini o’rgatdi.
Hayot bizga har qanday to’siqlarni duchor etmasin, biz ularni yengib o’tishimiz kerak.  Men Jyul Vern asarlariga juda qiziqaman, bundan oldin uning “Suv ostiga 80 ming mil” asarini o’qiganman va uning  “Yer markaziga sayohat” asarini o’qishni boshladim. Jyul Vern asarlari menga juda yoqadi hamda falsafiy xulosalar chiqarishga undaydi.

9 Green sinf o’quvchisi Musayev Akbarbek


Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
12- §. QOʻQON XONLIGINING BOSIB OLINISHI Qoʻqon xonligining uchta bayrogʻidan biri Oʻrta Osiyo xonliklari hududi (XIX asr oʻrtalari) 1.   Nechanchi yilda K.P.Kaufman Qoʻqon xonligida oʻz ta’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzgan?  A) 1853-yil  B) 1867-yil  C) 1868-yil  D) 1875-yil 2.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni qachon boshlangan?  A) 1873-yil  B) 1874-yil  C) 1875-yil   D) 1876-yil 3.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni rahbarining asl ismi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?  A) Nasriddinbek  B) Mulla Is’hoq   C) Mulla Hasan  D) Abdurah mon oftobachi Poʻlatxon (Mulla Isʼhoq Mulla Hasan oʻgʻli) 4.   Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon Poʻlatxon qoʻzgʻolonini bostirish uchun kimlar boshchiligida qoʻshin yuborgan?  A) Abdurahmon oftobachi, Mulla Is’hoq  B) Mulla Is’hoq, Musulmonqul mingboshi  C) Abdurahmon oftobachi, Nasriddinbek  ...