10-§. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI
16. Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...
A) Krijanovskiy
B) Romanovskiy
C) Kaufman
D) Chernyayev
17. K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?
A) 1866-yil aprel
B) 1866-yil oktabr
C) 1868-yil aprel
D) 1868-yil may
18. Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?
A) 1866-yil 8-may
B) 1868-yil 1-may
C) 1868-yil 2-iyun
19. Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?
A) Kattaqoʻrgʻon
B) Xoʻjand
C) Urgut
D) Samarqand
Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi
Registon maydoni Chor qoʻshinlari tomonidan egallangandan keyin
20. K.P.Kaufmanning Buxoro amirligiga qarshi harbiy yurishlari vaqtida qaysi shaharda mahalliy aholi podsho hukumati qoʻshinlariga qarshi kurash olib borgan?
A) Kattaqoʻrgʻon
B) Urgut
C) Samarqand
D) Oʻratepa
21. K.P.Kaufman Urgut shahrini taslim etish uchun kimni qoʻshin bilan yuborgan?
A) Romanovskiy
B) Abramov
C) Krijanovskiy
D) P.Lessar
22. Podsho hukumati qoʻshinlari Urgut shahridan soʻng qaysi shaharni bosib olishga kirishgan?
A) Samarqand
B) Buxoro
C) Kattaqoʻrgʻon
23. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqandda ozodlik kurashi olib borgan Joʻrabek qaysi viloyat hokimi hisoblangan?
A) Urgut
B) Qarshi
C) Kitob
D) Shahrisabz
24. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqandda ozodlik kurashini olib borgan Shahrisabz hokimi kim edi?
A) Abdulahadxon
B) Joʻrabek
C) Bobobek
D) Ibrohimbek
25. Zarafshon okrugi tuzilganda unga kim boshliq etib tayinlangan?
A) Skobelev
B) Abramov
C) P.Lessar
D) Romanovskiy
Zarafshon okrugi negizida tashkil etilgan TGG tarkibidagi Samarqand viloyati
TGG tarkibidagi Samarqand viloyati maʼmuriy xaritasi
TGG tarkibidagi Samarqand viloyati gerbi
26. Qaysi jangdan soʻng Amir Muzaffar oʻz magʻlubiyatini tan olib, fon Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligining yangi chegaralari haqidagi taklifini qabul qilishga majbur boʻldi?
A) Erjar qishlogʻi yaqinidagi jang
B) Choʻponota tepaligidagi jang
C) Zirabuloq jangi
27. K.Kaufman qachon Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzolagan?
A) 1868-yil 10-dekabr
B) 1868-yil 28-iyun
C) 1868-yil 2-iyul
28. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilishi toʻgʻrisidagi shartnoma qayerda imzolangan?
A) Buxoro
B) Samarqand
C) Choʻponota
29. Buxoro amiri Muzaffarning Rossiyaga tobelik siyosatidan norozi boʻlgan kuchlar kimlar boshchiligida Samarqandni ozod qilishga kirishgan?
1. Abdulahadxon; 2. Joʻrabek; 3. Bobobek; 4. Abdumalik toʻra; 5. Nasriddinbek.
A) 1, 3, 5
B) 1, 2, 3
C) 2, 3, 4
D) 3, 4, 5
30. Amir Muzaffarning Rossiyaga tobelik siyosatidan norozi boʻlgan Abdumalik toʻra, Bobobek va Joʻrabek boshchiligidagi xalq qoʻshinlari qaysi shaharlarni oʻz qoʻllariga olishgan?
1. Shahrisabz; 2. Samarqand; 3. Qarshi; 4. Kattaqoʻrgʻon; 5. Karmana.
A) 1, 3, 5
B) 1, 2, 3
C) 2, 3, 4
D) 3, 4, 5
31. Turkiston general-gubernatori Kaufman Abdumalik toʻra boshchiligidagi xalq harakatini bostirish uchun kim boshchiligida qoʻshin joʻnatadi?
A) Krijanovskiy
B) Romanovskiy
C) Abramov
D) P.Lessar
32. Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni rejalashtirgani uchun Abdumalik toʻraga yordam bermagan afgʻon amiri kim edi?
A) Sheralixon
B) Abdurahmonxon
C) Omonullaxon
D) Habibullaxon
33. Abdumalik toʻra qachon va qayerda vafot etgan?
A) 1909-yil, Kogon
B) 1919-yil, Xiva
C) 1909-yil, Peshovar
D) 1909-yil, Kobul
34. Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyodagi istilochilik urushining ikkinchi bosqichi qaysi shaharning egallanishi bilan yakunlangan?
A) Xiva
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Toshkent
35. Nechanchi yilda Buxoro bilan Rossiya imperiyasi amirlikka oʻz vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzolashgan?
A) 1868-yil
B) 1871-yil
C) 1873-yil
D) 1881-yil
36. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib kim tayinlangan?
A) I.F.Abramov
B) P.Lessar
C) K.Palen
D) F.Girs
37. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi vakilining qarorgohi qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Kattaqoʻrgʻon
B) Karmana
C) Kogon
D) Samarqand
38. Qaysi yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodagi chegaralarni belgilash toʻgʻrisida muzokaralar olib borgan?
A) 1869-1870-yy.
B) 1870-1871-yy.
C) 1880-1881-yy.
D) 1885-1887-yy.
39. Buxoro amirligi va Eron oʻrtasidagi chegarani belgilovchi Eron-Rossiya shartnomasi nechanchi yilda imzolangan?
A) 1870-yil
B) 1881-yil
C) 1885-yil
D) 1887-yil
40. Chegaralarni belgilash boʻyicha ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara chizigʻini belgilashni qachon nihoyasiga yetkazgan?
A) 1868-yil
B) 1869-1870-yy.
C) 1881-yil
D) 1885-1887-yy.
Comments