Skip to main content
Taqriz №14



“CHINOR”

ASQAD MUXTOR

“Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan.
Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oqibatida Bektemir halok bo`ladi, Akbarali esa qochib qolishga ulguradi. Ammo, Akbarali bir zum o`zini yo`qotib qo`yib, noto`g`ri qaror qabul qilgani uchun Bektemirning o`limida o`zini ayblaydi. Akbarali  uzoq yillar davomida vijdon azobida qiynaladi va turli ayanchli holatlarni boshidan o`tkazadi. Bir lahzalik, bor yo`g`i bir lahzalik vaqtni deb u azoblanadi.
Romanning “Chinor” deb atalishi ham, romanda bir mudhish vaziyatni deb boshqa azob-uqubatlar chinor daraxti shoxlari kabi kurtak otib ketganligidadir. Bu fojialar shajarasi azim bir chinor daraxtini hosil qiladi. Taniqli yozuvchining bu romanidan biz hayotda o`z rizqini topish uchun faqatgina halol mehnat va to`g`ri hayot kechirishning o`zi ham yetmasligi mumkinligini anglashimiz mumkin. Biz yana hayotning turli xil egri sinov va qiyinchiliklariga bardoshli bo`lishimiz kerak bo`ladi. Men bu romanni barcha 12 yoshdan katta kitobxonlarga tavsiya qilgan bo`lardim. Chunki bu roman hayotdan to`g`ri xulosa chiqarish va vaqtning qadriga yetishga undaydi. Taniqli shoir G`afur G`ulom aytganidek, ba’zida bir lahzalik muddat ming bir yulduzning so`nishiga yetadi. Bu yerda ham bir lahzalik vaqt hammasini hal qiladi.
Men yana o`zim o`qigan “Ufq” romanini ham o`qishni tavsiya qilaman. Said Ahmadning bu romanidan ham hayotiy xulosalarni chiqarib olish mumkin.   

10 Green sinf oʻquvchisi Mirsagatov Abdulaziz

Comments

Unknown said…
Rahmat men 8-"blue" sinf o'quvchisiman
Unknown said…
Rahmat men 8-yellow sinf oʻquvchisiman

Unknown said…
Raxmat sizga.8-orange sinf o‘quvchisi
said... said…
Raxmat kattakon. men 8-brown sinf o'quvchisiman
Unknown said…
Okala javob bervoti chimgina hazilkimi oqila
Anonymous said…
bu aka prezident maktabida o'qiydi bilmaganla. prezident maktabida sinflar shunda qilib bo'linadi
Anonymous said…
Rahmat sizga juda ajoyib menga juda yoqdi ishlaringizda omad
nma said…
This comment has been removed by the author.
Abdurahmon said…
Rexmat sizga nazorat ishi uchun ko‘chirib oldim foydasi tegdi menga.
Anonymous said…
Rahmat
Anonymous said…
8 blue o'quvchilarga kerak edi rahmat aka (Samarqand Prezident Maktab 8 blue sinf o'quvchisi)
Anonymous said…
I am Alibekov Behruz, grade 8 Blue student of Samarkand Presidential School, We have to read this book for end of topic test from Uzbek Literature.
Anonymous said…
Shohjahon senmi?
Anonymous said…
whatta heckkkk are you from Samps 8 blue
Anonymous said…
Rahmat, ancha foydasi tegdi (Jizzax shahridagi 8-blue sinf o'quvchisi)