Taqriz №14
“CHINOR”
ASQAD MUXTOR
“Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996)
tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan.
Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar
haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani
faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real
qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini
ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar
tasvirlangan.
Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash,
kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir
bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab
beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan
konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi.
Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oqibatida
Bektemir halok bo`ladi, Akbarali esa qochib qolishga ulguradi. Ammo, Akbarali
bir zum o`zini yo`qotib qo`yib, noto`g`ri qaror qabul qilgani uchun Bektemirning
o`limida o`zini ayblaydi. Akbarali uzoq
yillar davomida vijdon azobida qiynaladi va turli ayanchli holatlarni boshidan
o`tkazadi. Bir lahzalik, bor yo`g`i bir lahzalik vaqtni deb u azoblanadi.
Romanning “Chinor” deb atalishi ham, romanda bir mudhish
vaziyatni deb boshqa azob-uqubatlar chinor daraxti shoxlari kabi kurtak otib
ketganligidadir. Bu fojialar shajarasi azim bir chinor daraxtini hosil qiladi. Taniqli
yozuvchining bu romanidan biz hayotda o`z rizqini topish uchun faqatgina halol
mehnat va to`g`ri hayot kechirishning o`zi ham yetmasligi mumkinligini
anglashimiz mumkin. Biz yana hayotning turli xil egri sinov va qiyinchiliklariga
bardoshli bo`lishimiz kerak bo`ladi. Men bu romanni barcha 12 yoshdan katta
kitobxonlarga tavsiya qilgan bo`lardim. Chunki bu roman hayotdan to`g`ri xulosa
chiqarish va vaqtning qadriga yetishga undaydi. Taniqli shoir G`afur G`ulom
aytganidek, ba’zida bir lahzalik muddat ming bir yulduzning so`nishiga yetadi. Bu
yerda ham bir lahzalik vaqt hammasini hal qiladi.
Men yana o`zim o`qigan “Ufq” romanini ham o`qishni
tavsiya qilaman. Said Ahmadning bu romanidan ham hayotiy xulosalarni chiqarib
olish mumkin.
10 Green sinf oʻquvchisi Mirsagatov Abdulaziz
Comments