Skip to main content

Character Education fanidan mutolaa qilingan badiiy asar bo’yicha taqriz yozish tartib-qoidalari

Asarga taqriz taxminan quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

-          Asar nomi, muallifi, nashriyoti, yili;
-          Janri;
-          Qisqacha mazmuni, qahramonlari tavsifi;
-          Qaysi tarixiy davr voqealari tasvirlanganligi;
-          Kayfiyatga qay darajada ta`sir qilishi;
-          Qaysi yoshdagi kitobxonlarga tavsiya qilgan bo’lar edingiz?
-          Asardan olgan xulosalaringiz (Asar sizga qanday ruhiy ozuqa berdi?);
-          Shu turdagi (aynan shu muallifga tegishli, aynan shu janrga mansub, aynan shu davr voqealari tasvirlangan va hokazo) yana qaysi asarlarni o’qigansiz (yoki o’qimoqchisiz)?

      Taqrizlar hajmi 120-150 ta so'zdan iborat bo'lishi tavsiya etiladi (o'zbek, rus va ingliz tillarida).
-           
Tayyor taqrizlarni .doc, .txt yoki .pdf, .jpeg, va .png (qo’lyozmani suratga olgan holda) kabi formatlarda i.ilxomovic@gmail.com elektron pochta manziliga yoki Telegramdagi @ikbol_ilxomovic manziliga yuboring.

Eslatma: Character Education fanidan choraklik 1 ball aynan taqriz uchun beriladi. Taqrizlar har oyning 25-sanasiga qadar topshirilishi shart.

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
12- §. QOʻQON XONLIGINING BOSIB OLINISHI Qoʻqon xonligining uchta bayrogʻidan biri Oʻrta Osiyo xonliklari hududi (XIX asr oʻrtalari) 1.   Nechanchi yilda K.P.Kaufman Qoʻqon xonligida oʻz ta’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzgan?  A) 1853-yil  B) 1867-yil  C) 1868-yil  D) 1875-yil 2.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni qachon boshlangan?  A) 1873-yil  B) 1874-yil  C) 1875-yil   D) 1876-yil 3.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni rahbarining asl ismi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?  A) Nasriddinbek  B) Mulla Is’hoq   C) Mulla Hasan  D) Abdurah mon oftobachi Poʻlatxon (Mulla Isʼhoq Mulla Hasan oʻgʻli) 4.   Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon Poʻlatxon qoʻzgʻolonini bostirish uchun kimlar boshchiligida qoʻshin yuborgan?  A) Abdurahmon oftobachi, Mulla Is’hoq  B) Mulla Is’hoq, Musulmonqul mingboshi  C) Abdurahmon oftobachi, Nasriddinbek  ...