Taqriz №6
“Dunyoning ishlari”
“Dunyoning ishlari”
O’tkir Hoshimov
Men, Azizova
Sarvinoz, 7 Green sinf o’quvchisiman. Men O’tkir Hoshimov tomonidan
1980-1981-yillarda yozilgan judayam chuqur ma`noga ega bo’lgan “Dunyoning
ishlari” qissasini o’qidim. Bilamizki, dunyodagi eng aziz inson biz uchun –
ona. Shunday ekan, bu kitob ham onalarning bolalarini komil inson qilib
yetishtirish uchun hayotlari davomida qanday mashaqqatlarni boshlaridan o’tkazishlari
haqiqadir. Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Ularning har birida
yozuvchining onasi ozgina bo’lsa ham aks ettirilgan. Bu qissada hayotiy
voqealar aks ettirilgan bo’lib, badiiy to’qima emasligini yozuvchi qissaning
boshlanishidayoq ta`kidlab o’tgan. Bu qissani o’qigan inson yozuvchining onasi
qanchalar mehribon, qanchalar oqko’ngil va sodda ekanligini tushunib yetadi. Men
bu qissani o’qib shuni tushundimki, urush paytlari qanchalar mashaqqatli
kechganini va odamlar bir-birlarini qo’llab-quvvatlaganliklarini va onani
qanchalar boshingizga ko’tarsangiz shuncha yaxshi bo’lishini, onani qadrlashni
va hokazo. Zero, vaqt g’animatdir. Shunday ekan, o’z vaqtida
ota-oanalarimizning duosini olish kerak ekanligini tushunib yetdim. Umumiy
qilib aytganda, barcha insonlik xislatlari qanday bo’lishini ba eng asosiysi
inson bo’lishni o’rgandim.
7 Green sinf o’quvchisi
Azizova Sarvinoz
Comments