Skip to main content
Taqriz №10

ROBINZON KRUZONING HAYOTI VA GʻAROYIB SARGUZASHTLARI

DANIEL DEFO

  Dunyoga mashhur boʻlgan asarlardan biri "Robinzon Kruzo" ingliz buyuk yozuvchisi Daniel Defo tomonidan 1719-yilda roman shaklida nashrga chiqqan.  Daniel Defo 1659-yil tavallud topgan va 1731-yil 24-aprelda vafot etgan. Uning shoh asari "Robinzon Kruzo"dan tashqari uning 500dan ortiq kitob, pamflet va siyosiy risolalari mavjud. Bu asarda 28 yoshlik yorklik dengizchining boshidan kechgan sarguzashtlari haqida gap ketadi. Baxtga qarshi u oʻtirgan kema halokatga uchraydi va ekipaj aʼzolaridan faqatgina u tirik qoladi.Taqdir taqozosi bilan u dengizdagi orollardan biriga tushib qoladi ammo u taqdirga tan bermay yashashda davom etadi kemadagi ozuqalar bilan taomlanadi, bugʻdoy oʻstiradi va hokazo. Biroz vaqtdan soʻng u kanniballar toʻdasidan bir qiziltanli asrab qoladi va uni oʻz doʻstiga aylantiradi uning savodini chiqaradi. Eng asosiysi, endi unga sherik bor edi. Ular birga hayot kechirishardi, bir kuni sohilga bir kema langar tashladi. Undan bir qancha asirlarni sohilga olib chiqishdi. Ular oq tanlilar edi, lekin negadir Robinzon ularga yordam bergisi kelib ularni ozod etdi. Soʻng ular shu kema kapitani va bir guruh sodiq dengizchilari ekanligi oydin boʻldi. Qolgan kemadagilar isyonkorlar edi, Robinzon ular bilan kelishdi. Kelishuvga koʻra, Robinzon Kapitanga kemani qaytarib olishda yordam berishi kerak, kapitan esa javob tariqasida uni Angliyaga olib ketishi kerak edi. Reja amalga oshib u oʻz yurtiga qaytadi. Romanning tarbiyaviy jihati – u bir oʻzi qolsa ham, qiyinchiliklarga duch kelsa ham yashashda davom etdi, harakat qildi. Menga bu asarning shu jihati yoqqan. Men bu asarni hammaga, jumladan, hayotda yashashdan maʼno topa olmayotganlarga oʻqishni maslahat bergan boʻlar edim. Men, yuqorida aytganimdek, Defoning yana boshqa asarlari mavjud, ammo men hali boshqa asarli oʻqimadim, lekin kelajakda oʻqishni niyat qilganman.

9 Green sinf oʻquvchisi Tillayev Kamoliddin

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
12- §. QOʻQON XONLIGINING BOSIB OLINISHI Qoʻqon xonligining uchta bayrogʻidan biri Oʻrta Osiyo xonliklari hududi (XIX asr oʻrtalari) 1.   Nechanchi yilda K.P.Kaufman Qoʻqon xonligida oʻz ta’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzgan?  A) 1853-yil  B) 1867-yil  C) 1868-yil  D) 1875-yil 2.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni qachon boshlangan?  A) 1873-yil  B) 1874-yil  C) 1875-yil   D) 1876-yil 3.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni rahbarining asl ismi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?  A) Nasriddinbek  B) Mulla Is’hoq   C) Mulla Hasan  D) Abdurah mon oftobachi Poʻlatxon (Mulla Isʼhoq Mulla Hasan oʻgʻli) 4.   Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon Poʻlatxon qoʻzgʻolonini bostirish uchun kimlar boshchiligida qoʻshin yuborgan?  A) Abdurahmon oftobachi, Mulla Is’hoq  B) Mulla Is’hoq, Musulmonqul mingboshi  C) Abdurahmon oftobachi, Nasriddinbek  ...