Taqriz №13
DA VINCHI KODI
DEN BRAUN
Hech biror bir
kitobni oʻqiyotgan paytingizda u sizni birinchi sahifasidanoq butun
borlig’ingiz bilan o’z ichiga tortib borayotganini sezganmisiz? Har bir
ochilgan sir, har bir yechilgan jumboqdan so’ng uni xuddi o’zingiz yechgandek
zavqlanganmisiz? Men bularning hammasini mashhur amerikalik yozuvchi Den
Braunning “Da Vinchi kodi” nomli asarini o’qiyotganimda his etganman.
Den Braunning ushbu kitobi detektiv-sarguzasht janrida
yozilgan roman hisoblanadi. Bu kitob 2003-yili “Doubleday Group”
nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Aslida “Da Vinchi kodi” bu – romanlar seriyasi ichida ikkinchi roman va bu
romanlarda Garvard universitetining diniy ramziylik professori Robert
Lengdonning qiziqarli va hayajonli sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Hikoya Parijda, yaqin oʻtmishda, 21-asr boshida, tungi
Luvr muzeyida boshlanib, bizga birinchi sahifasidanoq ko’p savollar
tug’diradigan sahna ko’rinadi: Jak Sonyer, Luvr muzeyinig kuratori, bir odam
tomonidan ta’qib qilinadi. Keyinchalik bilganimizdek, Jak Sonyer bir muhim va insoniyat
tarixini butunlay o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan sirni bilgani uchun ta’qib
qilingan bo’lib chiqadi. Oxir-oqibat ta’qib qilgan odam Sonyerni tutib oladi va
sirni aytishga majbur qiladi. Ammo Sonyer bunga tayyor bo’ladi va oldindan
yodlangan yolg’onni aytadi. Oxir-oqibat ta’qib etgan odam Sonyerni otib o’lim
o’chog’ida qoldirib ketadi. Sonyer bu sirni butun insoniyat uchun ahamiyati
juda katta bo’lganini bilib va bu sirni olamda boshqa hech kim va hech qachon
bilolmasligi uni dahshatga soladi. Va u o’layotgan chog’ida, Luvrning zalida,
faqat bitta odam topa oladigan belgilarni qoldiradi. Bu odam esa Parijda
leksiyasini endi tugatgan professor Robert Lengdon boladi. Robert Lengdonni
Sonyerni o’limida shubha qilishadi, chunki Sonyer o’zini oldida “Robert
Lengdonni toping” degan yozuv qoldiradi. Lekin Robern Lengdon buni bilmay katta
sarguzashtga qadam bosadi va dunyodagi eng dolzarb va asrlardan beri o’rganib
kelinayotgan savollardan biriga javob topadi.
Bu kitob sizda yangi narsa kashfiyoti hissini beradi. Siz
go’yoki o’zingiz bu sarguzashtni boshdan kechirib qahramonning
fikr-mulohazalariga qo’shilasiz.
Men ushbu kitobni 15-16 yoshli kitobxonlarga tavsiya
qilgan bo’lar edim. Sababi, kichik yoshdagi kitobxonlar uchun ushbu asarda
keltirilgan atama va jumlalar qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Aslida bu kitob odamni o’ylashga, butun olamda hukmron
qilayotgan bilimlarni savol ostiga qoʻyishga undaydi. Kitobda asrlar mobaynida
mavjud bo’lgan ustunlarning naqadar notoʻg’ri bo’lishi ehtimoliga
ishontiradigan nazariyalar va hattoki faktlar keltirilganki, siz to’satdan o’ylanib
qolasiz : “Menga aytilib kelayotgan va o’qitilib kelayotgan narsalar rostmikan?
Men taniydigan dunyoning yana qancha sirlari bor ekan?” Hamda bu asarning yana
bir muhim maʼnosi – bu biror bir noto’g’ri narsaga yoki kimgadir ishonish hamda
o’z maqsadiga yetishish yo’lida so’qirga
aylangan odamlarning taqdirini ko’rsatib
beradi.
Kelajakda men ushbu ajoyib romanning davomi bo’lgan Den
Braunning keyingi – “Yo’qolgan belgi” nomli asarini o’qishni maqsad qilib
qo’yganman.
10 Green sinf oʻquvchisi Normurodov Anvar
Comments