Skip to main content
Taqriz №7

“Tom Soyerning sarguzashtlari”

Mark Tven

Bu asar bir bolaning yoshligida kechirganlari haqida. Bu bolaning ismi Tom edi. U juda sho’x, o’yinqaroq va aldoqchi edi. U doim xolasining savol-javobidan qutulib qolardi, qachonki ukasi bunga aralashmasa. Chunki uning ukasi doimo uning yolg’onlarini fosh qilardi. Aytganday, Tomning Polli xolasi va Sid ismli ukasi bor edi. Misol uchun, Bir kuni Tom maktabga borish o’rniga daryoda maza qilib cho’miladi va uyga kech keladi. Kechki ovqat paytida Sid uni yana bir marta fosh qiladi. Sid uni uning ko’ylagi yoqasidagi ip bilan fosh qiladi. Chunki Polli xola uning ko’ylagini yoqasini oq ip bilan tikkan edi, lekin kechki payt uning ko’ylagining yoqasi ko’k rangdagi ipda tikilgan edi. Shunda tom o’ylaydi, “Agar Sid bo’lmaganda Polli xolam buni sezmasdi”. Shunday qilib, Tom shunday voqealarni boshidan kechiradi. Bir kuni u bir ko’chadan o’ta turib, bir qizni ko’rib, yaxshi ko’rib qoladi. Bu qiz shahar sudi boshlig’ining qizi Bekki edi. Bu qiz Tomning maktabida o’qiy boshlagandan keyin Tom uni lol qoldirishga harakat qilaverar edi. U har xil g’alati qiliq qilsa-da, Bekki unga qaramasdi. Lekin u buning ham yo’lini topadi. U bir chiroyli rasm chizib unga ko’rsatadi va Bekki buni yaxshi ko’rib qoladi. Sekin undan rasm chizishni o’rgatishni so’raydi. Tom hech o’ylamasdan rozi bo’ladi va unga o’rgatadi. Bir kuni u xolasining nasihatlaridan charchab, qaroqchi bo’lishga ahd qiladi. U o’zi bilan ikki do’stini olib ketadi. Ular shahar yonidagi bir orolga borib, o’zlariga makon qilib olishadi. Lekin bir ikki kun o’tmay o’z uylarini sog’inishadi. Bir kuni ular to’p ovozini eshitib qolishadi. Bu qirg’oqda otilgan o’q edi. Odamlar bu bolalarning jasadini yoki o’zlarini topa olmasdan, ularni o’ldi deb o’ylashadi. So’ngra yakshanba kungi ibodat vaqtida ularni dafn etmoqchi edilar. Lekin o’sha paytda ularning o’zi kelib qolishadi...
Xullas, bu Tom degan bola shunday voqealarni boshidan kechiradi. Bu asar, mening o’ylashimcha, Mark Tvenning bolalik haqidagi eng zo’r asaridir.

7 Green sinf o’quvchisi Abduqahhorov Hojiakbar

Comments