13-§. BUYUK BRITANIYANING TASHQI SIYOSATI
1.
Quyidagi qaysi davlat
XIX asrdan boshlab dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni bosib
oldi va ularni oʻz mustamlakasiga aylantirdi?
A) AQSH
B) Buyuk Britaniya
C) Rossiya
D) Fransiya
Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasi hududi xaritasi
XX asr boshlarida dunyoning yirik mustamlakachi imperiyalari
2.
“Buyuk Britaniyani
boquvchi enaga” – bu ...
A) Kanada
B)
Hindiston
C) Misr
D) Avstraliya
3.
Qaysi mustamlaka
Buyuk Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan toj sifatida ta’riflanadi?
A)
Kanada
B) Janubiy Afrika
C) Hindiston
D)
Misr
4.
Quyidagi qaysi
mamlakatning dengizdagi tanho hukmronligi hatto mamlakat madhiyasida ham oʻz
ifodasini topgan?
A) AQSH
B) Buyuk
Britaniya
C) Yaponiya
D) Germaniya
Buyuk Britaniya madhiyasi
5.
Buyuk Britaniya qachon
Misr hukumatidan Suvaysh kanalining 45% aksiyasini sotib olgan?
A) 1875-yil
B) 1876-yil
C) 1877-yil
D)
1894-yil
Suvaysh kanalining xaritadan koʻrinishi
Suvaysh kanalining qurilishi
Suvaysh kanalining tantanali ochilishi
6.
Britaniya qirolichasi
Viktoriya nechanchi yilda Hindiston imperatori deb e’lon qilingan?
A) 1875-yil
B) 1876-yil
C) 1877-yil
D) 1880-yil
Qirolicha Viktoriya portreti
Qoʻshimcha manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Qirolicha_Viktoriya
XIX asr karikaturasi: Dizraeli qirolichaga eski tojni yangisiga almashtirishni taklif qilmoqda
7.
Buyuk Britaniya
qachondan boshlab imperiya deb e’lon qilingan?
A) 1707-yil
B) 1716-yil
C)
1858-yil
D) 1876-yil
8.
Rossiyaning kuchayib
ketishini istamagan qaysi davlat uni San-Stefano shartnomasini buyuk davlatlar
Berlin kongressida qayta koʻrib chiqishga majbur etgan?
A) Germaniya
B) Turkiya
C) Buyuk Britaniya
D) Fransiya
Berlin Kongressi (Muallif – Anton fon Verner)
9.
Berlin Kongressida
Turkiya manfaatlarini qattiq himoya qilgani uchun Buyuk Britaniya qaysi hududga
ega boʻlgan?
A) Misr
B) Falastin
C) Kipr
D) Gretsiya
Berlin Kongressi natijalari aks etgan xarita
Qoʻshimcha manba: Berlin Kongressi
10.
Buyuk Britaniya
Misrni nechanchi yilda egallagan?
A) 1877-yil
B) 1882-yil
C) 1899-yil
D) 1902-yil
1882-yil 12-avgust. Britaniyaliklar Aleksandriya shahrida
Qoʻshimcha manba: Ingliz-misr urushi
11.
Buyuk Britaniya
nechanchi yilda Bur Respublikasiga qarshi urush harakatlarini boshlagan?
A)
1877-yil
B) 1882-yil
C) 1899-yil
D)
1902-yil
12.
Bur Respublikasi
qachon Buyuk Britaniyaga taslim boʻlgan?
A) 1877-yil
B) 1882-yil
C) 1899-yil
D) 1902-yil
Urushgacha Janubiy Afrika davlatlari xaritasi
Qoʻshimcha manba: Ikkinchi ingliz-bur urushi
18.
Buyuk Britaniya
nechanchi yilda Panama kanali masalasida AQSHga yon bergan?
A) 1877-yil
B)
1882-yil
C) 1901-yil
D) 1902-yil
19.
1902-yilda Buyuk
Britaniya qaysi mamlakat bilan shartnoma imzolab, unga katta moliyaviy yordam
koʻrsatgan?
A) AQSH
B) Rossiya
C) Ispaniya
D) Yaponiya
Angliya-Yaponiya harbiy bitimi. 1902-yil 30-yanvar
Qoʻshimcha manba: Ingliz-yapon ittifoqi
20.
1905-1911-yillarda
quyidagi qaysi mamlakat inqilobni oʻz boshidan kechirgan?
A) Turkiya
B) Xitoy
C) Eron
D) Rossiya
Eron inqilobining (1905-1911) “Nyu-York Tribun” gazetasida yoritilishi
Erondagi birinchi parlament aʼzolari
Qoʻshimcha manba: Eron inqilobi
21.
Kanada nechanchi
yilda dominionlik huquqini qoʻlga kiritgan?
A) 1836-yil
B) 1855-yil
C) 1867-yil
D) 1876-yil
Kanadaga dominionlik huquqi berilishi haqida qirolicha farmoni
Kanada davlat gerbi
Kanada davlat bayrogʻi
Qoʻshimcha manba: Kanadaga dominionlik huquqi berilishi
Comments