14-§. TURKISTON OʻLKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING YER-SUV SIYOSATI
1.
Turkiston oʻlkasida
yirik yer egaligi qachon tugatilgan?
A) 1867-yil
B) 1877-yil
C) 1881-yil
D) 1886-yil
2. Turkiston oʻlkasiga
imperiyaning markaziy gubernyalaridan koʻchirib keltirilganlar qancha vaqt
mobaynida soliqlardan ozod etilgan?
A) 1 yil
B) 3 yil
C) 5 yil
D) 10 yil
Qoʻshimcha manba: Koʻchkindichilik siyosati
3.
Nechanchi yilda
Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo boʻlgan?
A) 1865-yil
B) 1867-yil
C) 1875-yil
D) 1886-yil
4. 1875-1890-yillarda
Turkiston oʻlkasida nechta rus qishlogʻi tashkil topgan?
A) 13
B) 15
C) 19
D) 25
5. 1891-1892-yillarda
Rossiyadan Turkiston oʻlkasiga koʻchib kelganlarning nechta manzilgohi paydo
boʻlgan?
A) 13
B) 15
C) 19
D) 25
Oʻrta Osiyoga koʻchirilgan rus oilasi
6.
XIX asr oxirida
Turkiston oʻlkasining qaysi yirik shaharlarida koʻchib kelganlarning
posyolkalari paydo boʻlgan?
1. Andijon;
2. Yangi Margʻilon; 3. Toshkent; 4. Samarqand.
A) 1, 2, 3, 4
B) 2, 3, 4
C)
1, 3, 4
D) 1, 2, 4
7. Qachondan boshlab
Rossiyadan oʻzboshimchalik bilan bilan koʻchib kelgan kishilar ham ma’muriyat
ruxsati bilan koʻchirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi
mumkinligi e’lon qilingan?
A) 1875-yil
B) 1886-yil
C) 1890-yil
D) 1892-yil
8. Turkiston oʻlkasida
qozi sudlari, biy sudlari, volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul
boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomonidan qancha muddatga
saylangan?
A) 1 yil
B) 2 yil
C) 3 yil
D) 5 yil
Qozilik sudlari
9. Nechanchi yilda
Rossiya imperiyasi Turkiston oʻlkasida yerlik aholiga oʻz ta’sirini
kuchaytirish uchun Toshkentda mahkama joriy qiladi?
A) 1865-yil
B) 1866-yil
C) 1867-yil
D) 1886-yil
Turkistondagi sud tizimi
10.
Turkiston
general-gubernatorligi davrida Toshkent shahrida nechta qozi boʻlgan?
A) 2 ta
B) 4 ta
C) 8 ta
D) 12 ta
11.
Turkiston oʻlkasida
Chor istibdodi hukm surgan davrda Samarqandda nechta qozi faoliyat koʻrsatgan?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 7 ta
12.
Turkiston oʻlkasida
nechanchi yilda uyezd sudlari bekor qilinib, ularning oʻrniga uchastka-mirovoy
sudlari tuzilgan?
A) 1865-yil
B) 1867-yil
C) 1873-yil
D) 1886-yil
13.
Turkiston oʻlkasida
sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari qachon
joriy etilgan?
A) 1865-yil
B) 1867-yil
C)
1886-yil
D) 1898-yil
14.
Nechanchi yilda
Turkiston oʻlkasida viloyat sudlari tugatilib, ularning oʻrniga okrug sudlari
va butun Turkiston oʻlkasi bosh sud bosqichi huquqlari bilan mustahkamlangan
Toshkent sud palatasi tuzilgan?
A) 1865-yil
B) 1867-yil
C) 1886-yil
D) 1898-yil
Sobiq Toshkent sud palatasi binosi
15.
Turkiston oʻlkasida
“Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qoʻriqlashga qaratilgan
chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Nizom” qachon e’lon qilingan?
A) 1876-yil
B) 1881-yil
C) 1887-yil
D) 1896-yil
16.
1892-1916-yillarda
Rossiyaning mustamlaka oʻlkalaridan qaysi biri “kuchaytirilgan qoʻriqlov” va
“favqulodda qoʻriqlov” holatida boʻlgan?
A) Kavkazorti
B) Yettisuv
C) Turkiston
D) Sibir
17.
1882-1884-yillarda
Turkiston oʻlkasini tekishirgan Chor amaldori nomi qaysi javobda toʻgʻri
koʻrsatilgan?
A) P.Lessar
B) K.Palen
C)
F.Girs
D) S.M.Duxovskoy
F.Girs portreti
18.
Turkiston oʻlkasida
mahalliy erkak aholiga harbiy xizmat majburiyatini yuklash masalasiga
toʻxtalib, bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilgan va Turkiston
aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan Chor amaldori kim
edi?
A) F.Girs
B) K.Palen
C)
P.Lessar
D) Putinsev
Qoʻshimcha manba: Fyodor Girs
19.
Quyidagi qaysi atama
nemischa “ma’muriyat” soʻzidan kelib chiqqan?
A) komendant
B) okrug
C) politsiya
20.
Uyezd politsiyasi
boshligʻi Turkiston oʻlkasida qanday atalgan?
A) pristav
B) komendant
C) ispravnik
D) zemstvo
21.
Ruscha, vakolatlari
cheklab qoʻyilgan mahalliy idora, boshqarma – bu ...
A) duma
B) zemstvo
C) politsiya
D) uchastka
Comments