Skip to main content

15-§. AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARINING ICHKI SIYOSATI

1.  1886-yil may oyida 8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat AQSHning qaysi shahrida juda ham keskin tus olgan? 
A) Nyu-York 
B) Boston 
C) Chikago 
D) Yangi Orlean

Qoʻshimcha manba: Chikago, 1886-yil 1-may namoyishi

2.  “Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan-da oʻtkirroq boʻladi” fikri kimga tegishli? 
A) Shpis 
B) Fisher 
C) Xristo Botev 
D) J.Danton

Chikago namoyishi rahbarlarini jazolash. buni oʻqing!

3.  “Qoʻshma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlar va ishchi ittifoqi federatsiyasi” qachon tuzilgan? 
A) 1881-yil 
B) 1886-yil 
C) 1914-yil 
D) 1894-yil

4.  Qoʻshma shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlar va ishchi ittifoqi federatsiyasi nechanchi yilda Amerika Mehnat Federatsiyasi deb nomlana boshlagan? 
A) 1886-yil 
B) 1894-yil 
C) 1913-yil 
D) 1914-yil

Amerika Mehnat Federatsiyasi timsoli

5.  1914-yilda Amerika Mehnat Federatsiyasi a’zolarining soni qanchani tashkil etgan? 
A) 500 ming 
B) 1,5 mln 
C) 2 mln 
D) 3 mln

Qoʻshimcha manba: Amerika Mehnat Federatsiyasi

6.  Qaysi mamlakatda 1894-yildan buyon sentabrning birinchi dushanbasi “Mehnat kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda? 
A) Rossiya 
B) AQSH 
C) Fransiya 
D) Germaniya

Peter J. Maguayr, AQSHda “Mehnat kuni”ning otasi sifatida tilga olinadi.

Qoʻshimcha manba: AQSH Mehnat kuni

7.  1913-yil sentabrda ishchilar harakati tufayli AQSHning qaysi shtatida harbiy holat e’lon qilingan? 
A) Luiziana 
B) Virginiya 
C) Shimoliy Karolina 
D) Kolorado

8.  Nechanchi yilda oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarilgan? 
A) 1876-yil 
B) 1867-yil 
C) 1880-yil 
D) 1872-yil



Amerika hindulari rezervatsiyalaridagi hayot

Qoʻshimcha manba: Hindular rezervatsiyasi

9.  1900-1914-yillar quyidagi qaysi mamlakat tarixiga “taraqqiyparvar davr” nomi bilan kirgan? 
A) Rossiya 
B) AQSH 
C) Yaponiya 
D) Eron

10. XX asr boshlarida AQSHda monopoliyalarga qarshi kurash tarafdorlari qanday atalgan? 
A) abolitsionistlar 
B) taraqqiyparvarlar 
C) internatsionalistlar 
D) izolyatsionistlar

11. Teodor Ruzvelt nechanchi yilda AQSH prezidenti lavozimini egallagan? 
A) 1897-yil 
B) 1901-yil 
C) 1905-yil 
D) 1912-yil

Teodor Ruzvelt portreti

Mont-Rashmordagi Teodor Ruzvelt siymosi

Teddy ayiqchasi

12. AQSH Prezidentlaridan qaysi biri Ispaniya-AQSH urushida shaxsan qatnashib, shuhrat qozongan edi? 
A) U.Grant 
B) U.Mak-Kinli 
C) T.Ruzvelt 
D) V.Vilson

13.  Quyidagi AQSH Prezidentlaridan qaysi birining monopoliyalarga qarshi kurash siyosati “Adolatli yoʻl” deb nom olgan? 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) Franklin Ruzvelt

14.  AQSH Prezidentlaridan qaysi birining hukumati ishchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini ham bajara boshlagan? 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) K.Kulij

15.  Qaysi AQSH Prezidenti davrida hukumat trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayoni tashkil etgan? 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) K.Kulij

16.  Qaysi AQSH Prezidenti davrida sud qarori bilan Morgan nazorat qiladigan temiryoʻl kompaniyasi ikkiga boʻlingan? 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) K.Kulij

Qoʻshimcha manba: Teodor Ruzvelt

17.  1906-yil qaysi mamlakatda temiryoʻllar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilingan? 
A) Rossiya 
B) Fransiya 
C) AQSH 
D) Germaniya

18.  Vudro Vilson nechanchi yilda AQSH Prezidentligiga saylangan? 
A) 1901-yil 
B) 1906-yil 
C) 1912-yil 
D) 1914-yil

Vudro Vilson portreti

1912-yilgi AQSH Prezidentligiga saylov natijalari

19.  Birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilinishiga erishgan AQSH Prezidenti – bu ... 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) K.Kulij

20.  AQSH Prezidentlaridan kimning davrida saylov tizimida islohot oʻtkazilib, oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan boʻlgan? 
A) T.Ruzvelt 
B) V.Vilson 
C) U.Garden 
D) K.Kulij

Qoʻshimcha manba: Vudro Vilson

21.  Nechanchi yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qilgan? 
A) 1901-yil 
B) 1906-yil 
C) 1912-yil 
D) 1914-yil

22. AQSHda ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibi qachon bekor qilingan? 
A) 1901-yil 
B) 1906-yil 
C) 1912-yil 
D) 1914-yil

23. Lotincha “saqlayman” – biror davlatda tub joy aholisining qolgan qismini zoʻrlab joylashtirish uchun ajratilgan hududni anglatuvchi atamani aniqlang. 
A) getto 
B) rezervatsiya 
C) prezervuar 
D) segregatsiya

24. Lotincha “boʻlish” – ayrim davlatlarda aholini majburiy irqiy guruhlarga boʻlish mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) diskriminatsiya 
B) segregatsiya 
C) separatizm 
D) getto

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...