Skip to main content

TURKISTONDA SUD TIZIMI VA HARBIY POLITSIYA TARTIBOTINING OʻRNATILISHI

1.  Turkiston oʻlkasida qozi sudlari, biy sudlari, volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomonidan qancha muddatga saylangan? 
A) 1 yil 
B) 2 yil 
C) 3 yil 
D) 5 yil

Qoʻshimcha manba: Qozilar sudi

2.  Nechanchi yilda Rossiya imperiyasi Turkiston oʻlkasida yerlik aholiga oʻz ta’sirini kuchaytirish uchun Toshkentda mahkama joriy qiladi? 
A) 1865-yil 
B) 1866-yil 
C) 1867-yil 
D) 1886-yil

Qoʻshimcha manba: Mirshab

3.  Turkiston general-gubernatorligi davrida Toshkent shahrida nechta qozi boʻlgan? 
A) 2 ta 
B) 4 ta 
C) 8 ta 
D) 12 ta


4.  Turkiston oʻlkasida Chor istibdodi hukm surgan davrda Samarqandda nechta qozi faoliyat koʻrsatgan? 
A) 2 ta 
B) 3 ta 
C) 4 ta 
D) 7 ta

5.  Turkiston oʻlkasida nechanchi yilda uyezd sudlari bekor qilinib, ularning oʻrniga uchastka-mirovoy sudlari tuzilgan? 
A) 1865-yil 
B) 1867-yil 
C) 1873-yil 
D) 1886-yil

Qoʻshimcha manba: Rossiyada mirovoy sudlar tarixi

Mirovoy sud nishoni

Mirovoy sudlar formasi

6.  Turkiston oʻlkasida sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari qachon joriy etilgan? 
A) 1865-yil 
B) 1867-yil 
C) 1886-yil 
D) 1898-yil


7.  Nechanchi yilda Turkiston oʻlkasida viloyat sudlari tugatilib, ularning oʻrniga okrug sudlari va butun Turkiston oʻlkasi bosh sud bosqichi huquqlari bilan mustahkamlangan Toshkent sud palatasi tuzilgan? 
A) 1865-yil 
B) 1867-yil 
C) 1886-yil 
D) 1898-yil

Toshkent sud palatasi binosi


8.  Turkiston oʻlkasida “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qoʻriqlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Nizom” qachon e’lon qilingan? 
A) 1876-yil 
B) 1881-yil 
C) 1887-yil 
D) 1896-yil


9.  1892-1916-yillarda Rossiyaning mustamlaka oʻlkalaridan qaysi biri “kuchaytirilgan qoʻriqlov” va “favqulodda qoʻriqlov” holatida boʻlgan? 
A) Kavkazorti 
B) Yettisuv 
C) Turkiston 
D) Sibir

Qoʻshimcha manba: “Vabo isyoni”ga oid faktlar

10. 1882-1884-yillarda Turkiston oʻlkasini tekishirgan Chor amaldori nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? 
A) P.Lessar 
B) K.Palen 
C) F.Girs 
D) S.M.Duxovskoy


11. Turkiston oʻlkasida mahalliy erkak aholiga harbiy xizmat majburiyatini yuklash masalasiga toʻxtalib, bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilgan va Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan Chor amaldori kim edi? 
A) F.Girs 
B) K.Palen 
C) P.Lessar 
D) Putinsev

Qoʻshimcha manba: Fyodor Girs

12. Quyidagi qaysi atama nemischa “ma’muriyat” soʻzidan kelib chiqqan? 
A) komendant 
B) okrug 
C) politsiya 
D) militsiya


13. Uyezd politsiyasi boshligʻi Turkiston oʻlkasida qanday atalgan? 
A) pristav 
B) komendant 
C) ispravnik 
D) zemstvo

Qoʻshimcha manba: Ispravnik

14. Ruscha, vakolatlari cheklab qoʻyilgan mahalliy idora, boshqarma – bu ... 
A) duma 
B) zemstvo 
C) politsiya 
D) uchastka

Qoʻshimcha manba: Zemstvo

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...