Skip to main content

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi

Rossiya imperiyasi gerbi

Rossiya imperiyasi bayrogʻi

1.  1 desyatina necha gektarga teng hisoblanadi? 
A) 0,9 ga 
B) 1,1 ga 
C) 1,6 ga 
D) 1,9 ga

Rossiya imperiyasi hududining dunyo xaritasida joylashuvi

2.  XIX asr oxirida Rossiyada aholining qancha qismi qishloqlarda yashagan? 
A) 92% 
B) 90% 
C) 88% 
D) 85%

Rossiya imperiyasining maʼmuriy xaritasi

3.  Quyidagi qaysi davlat 1898-1901-yillarda neft qazib chiqarish boʻyicha AQSHni ham ortda qoldirib, dunyoda 1-oʻringa chiqqan? 
A) Buyuk Britaniya 
B) Germaniya 
C) Rossiya 
D) Fransiya

4.  Rossiya XIX asr oxirida metall eritish boʻyicha dunyoda nechanchi oʻrinni egallagan? 
A) 1 
B) 2 
C) 3 
D) 4

5.  Rossiyada rangli metallurgiya sohasida “Med” jamiyati tashkil qilingan sanani aniqlang. 
A) 1895-yil 
B) 1901-yil 
C) 1906-yil 
D) 1907-yil

6.  XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya sanoatiga kiritilgan kapitalning asosiy qismi qaysi davlatga tegishli edi? 
A) AQSH 
B) Germaniya 
C) Fransiya 
D) Buyuk Britaniya

7.  XIX asr oxirida Rossiyaning asosiy eksport mahsuloti – bu ... 
A) neft 
B) gʻalla 
C) paxta 
D) koʻmir


Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilingandan soʻng gʻalla hosildorligining oʻsishi

8.  XIX asr oxiri – XX asr boshlarida quyidagi qaysi davlat sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinni egallagan? 
A) Avstro-Vengriya 
B) Italiya 
C) Rossiya 
D) Yaponiya

9.  Rus-yapon urushi nechanchi yilda boshlangan? 
A) 1894-yil 
B) 1895-yil 
C) 1904-yil 
D) 1905-yil

Qoʻshimcha manba: Rus-yapon urushi

Yaponiya imperiyasi armiyasi bayrogʻi

10. Nechanchi yilda Rossiya podshosi agrar islohot oʻtkazish va dehqonlarni koʻchirish toʻgʻrisida farmon chiqaradi? 
A) 1904-yil 
B) 1905-yil 
C) 1906-yil 
D) 1911-yil

11. Rossiyada Stolipin agrar islohoti nechanchi yilda oʻtkazilgan? 
A) 1904-yil 
B) 1905-yil 
C) 1906-yil 
D) 1911-yil

Rossiya imperiyasi Bosh vaziri Pyotr Stolipin

12. Stolipin nechanchi yilda otib oʻldirilgan? 
A) 1906-yil 
B) 1907-yil 
C) 1911-yil 
D) 1917-yil

Qoʻshimcha manba: Pyotr Stolipin

13. Xiva xonligi nechanchi yilda Rossiya tomonidan vassal davlatga aylantirilgan? 
A) 1865-yil 
B) 1868-yil 
C) 1873-yil 
D) 1876-yil

14. Rossiya nechanchi yilda Oʻrta Osiyoni toʻla boʻysundirishga erishgan? 
A) 1873-yil 
B) 1876-yil 
C) 1881-yil 
D) 1885-yil

15. 1875-yilda Bosniya va Gersegovinada qaysi davlat mustamlakachiligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilgan? 
A) Turkiya 
B) Rossiya 
C) Avstro-Vengriya 
D) Germaniya

16. Serbiya-Turkiya urushi nechanchi yilda boʻlib oʻtgan? 
A) 1875-yil 
B) 1876-yil 
C) 1877-yil 
D) 1878-yil

Qoʻshimcha manba: Serbiya-Turkiya urushi

Serbiyaliklar harbiy lageri

17. 1877-1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida quyidagi qaysi Bolqon davlatlari ham urush harakatlarida qatnashganlar? 
1. Bolgariya; 2. Xorvatiya; 3. Serbiya; 4. Chernogoriya; 5. Bosniya va Gersegovina; 6. Makedoniya. 
A) 1, 3, 5 
B) 2, 4, 6 
C) 3, 4 
D) 2, 3

18. 1878-yilda Rossiya armiyasi Konstantinopolga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqasini uzishini ma’lum qilgan mamlakatni belgilang. 
A) Germaniya 
B) Buyuk Britaniya 
C) Fransiya 
D) Avstro-Vengriya

19. San-Stefano sulhi nechanchi yilda imzolangan? 
A) 1784-yil 
B) 1829-yil 
C) 1876-yil 
D) 1878-yil

San-Stefano shartnomasining imzolanishi

San-Stefano shartnomasi va Berlin traktatidan keyingi geosiyosiy xarita

20. San-Stefano shartnomasiga koʻra, quyidagi qaysi davlatlar toʻla mustaqil davlatlar deb e’lon qilingan? 
1. Gretsiya; 2. Ruminiya; 3. Bolgariya; 4. Serbiya; 5. Chernogoriya. 
A) 1, 3, 5 
B) 2, 4, 5 
C) 1, 2, 3 
D) 3, 4, 5

21. San-Stefano sulh shartnomasiga koʻra, quyidagi qaysi davlat Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil davlatga aylangan? 
A) Bolgariya 
B) Serbiya 
C) Chernogoriya 
D) Ruminiya

Qoʻshimcha manba: San-Stefano shartnomasi

22. San-Stefano shartnomasini tan olmagan davlat – bu ... 
A) Germaniya 
B) Avstro-Vengriya 
C) Buyuk Britaniya 
D) AQSH

San-Stefano shartnomasi imzolangan binoning hozirgi kundagi koʻrinishi

23. Quyidagi qaysi davlatlar San-Stefano shartnomasining qayta koʻrib chiqilishini talab qilgan? 
1. AQSH; 2. Buyuk Britaniya; 3. Germaniya; 4. Italiya; 5. Avstro-Vengriya. 
A) 1, 3, 5 
B) 1, 2, 3 
C) 2, 3, 5 
D) 2, 4, 5

24. 1878-yil 13-iyunda ochilgan Berlin Kongressi qaroriga koʻra, Bosniya va Gersegovina qaysi davlat tasarrufiga oʻtgan? 
A) Turkiya 
B) Buyuk Britaniya 
C) Avstro-Vengriya 
D) Rossiya

25. Berlin Kongressi qabul qilgan “Berlin traktati”ga koʻra, quyidagi qaysi davlat ikkiga boʻlib yuborilgan? 
A) Bosniya-Gersegovina 
B) Serbiya 
C) Ruminiya 
D) Bolgariya

26. “Berlin traktati”ga koʻra, Turkiya toʻlashi lozim boʻlgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga qaysi hududlar berilgan? 
A) Chernogoriya, Serbiya 
B) Botumi, Kars, Ardagan 
C) Chernogoriya, Serbiya, Ruminiya 
D) Bolgariya, Bosniya-Gersegovina

27. Berlin Kongressi qarorlariga koʻra, qaysi mamlakatlarning davlat mustaqilliklari tan olingan? 
1. Ruminiya; 2. Bolgariya; 3. Serbiya; 4. Bosniya-Gersegovina; 5. Chernogoriya. 
A) 1, 3, 5 
B) 2, 4 
C) 1, 2, 3 
D) 3, 4, 5

28. XIX asr oxirida quyidagi qaysi davlat Yaponiya bilan yaxshi munosabatda boʻlishga intilib, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Yaponiyaga qarshi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmagan? 
A) Italiya 
B) Xitoy 
C) Rossiya 
D) Germaniya

29. Nechanchi yilda Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga boʻlgan da’vosidan voz kechish sharti bilan Kurill orollarining shimoliy qismini Yaponiyaga berilishi toʻgʻrisida Rossiya bilan shartnoma tuzishga muvaffaq boʻlgan? 
A) 1872-yil 
B) 1875-yil 
C) 1878-yil 
D) 1894-yil

Yapon karikaturasi

30. Nechanchi yilda Rossiya Afgʻonistonni oʻz ta’siridan tashqari deb tan olgan? 
A) 1859-yil 
B) 1873-yil 
C) 1881-yil 
D) 1887-yil

31. 1878-yilda Buyuk Britaniya qaysi davlatga qarshi bosqinchilik harakatlarini boshlagan? 
A) Xitoy 
B) Eron 
C) Bur Respublikasi 
D) Afgʻoniston

1.  Skobelev boshchiligidagi Rossiya qoʻshinlari tomonidan Koʻktepa qal’asi qachon egallangan? 
A) 1880-yil 
B) 1881-yil 
C) 1884-yil 
D) 1885-yil

2.  Kushka shahri Rossiya tomonidan qachon egallangan? 
A) 1878-yil 
B) 1880-yil 
C) 1881-yil 
D) 1885-yil

3.  Rossiya bosib olgan Oʻrta Osiyo hududi va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegaraning Pomirdan oʻtishi haqidagi shartnoma nechanchi yilda imzolangan? 
A) 1878-yil 
B) 1880-yil 
C) 1885-yil 
D) 1891-yil

4.  XIX asr oxirida Rossiya-Yaponiya munosabatlari qaysi hududlar tufayli keskinlashib borgan? 
A) Xitoy, Manjuriya 
B) Janubiy Saxalin 
C) Kurill orollari 
D) Primore va Port-Artur

Rus-yapon urushi xaritasi

5.  Yaponiya 1902-yilda qaysi mamlakat bilan har qanday sharoitda ham bir-birini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida shartnoma imzolagan? 
A) Rossiya 
B) Buyuk Britaniya 
C) AQSH 
D) Portugaliya


6.  Susima jangi qachon boʻlib oʻtgan? 
A) 1878-yil 13-iyun 
B) 1905-yil 15-may 
C) 1905-yil 23-avgust 
D) 1877-yil 24-aprel

Portsmut tinchlik konferensiyasi

7.  1905-yil 23-avgustda imzolangan Rossiya-Yaponiya tinchlik shartnomasi tuzilishida quyidagi qaysi mamlakat vositachilik qilgan? 
A) Buyuk Britaniya 
B) AQSH 
C) Germaniya 
D) Fransiya

Portsmut (AQSH)da imzolangan rus-yapon tinchlik bitimi

8.  Rossiyada Plexanov boshchiligidagi “Mehnatni ozod qilish” guruhi qachon tuzilgan? 
A) 1883-yil 
B) 1895-yil 
C) 1898-yil 
D) 1905-yil

Qoʻshimcha manba: “Mehnatni ozod qilish guruhi”

9.  Rossiyada ishchilar harakati namoyondalaridan qaysi biri ishchilar sinfini inqilobiy kuch deb hisoblagan, lekin hokimiyatni qurolli qoʻzgʻolon yoʻli bilan bosib olishga qarshi boʻlgan? 
A) Lenin 
B) Plexanov 
C) Trotskiy 
D) Stolipin

Georgiy Plexanov

10. Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzilgan sanani belgilang. 
A) 1883-yil 
B) 1895-yil 
C) 1898-yil 
D) 1903-yil

“Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” aʼzolari

Qoʻshimcha manba: “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi”

11. Nechanchi yilda Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar Rossiya sotsial-demokratik partiyasi deb atalgan partiyaga birlashganlar? 
A) 1883-yil 
B) 1895-yil 
C) 1898-yil 
D) 1903-yil

RSDP bayrogʻi

12. Lenin qachondan boshlab Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasiga rahbarlik qila boshlagan? 
A) 1883-yil 
B) 1895-yil 
C) 1898-yil 
D) 1903-yil

Vladimir Ulyanov (Lenin)

13. Rossiya tarixida birinchi inqilob qachon boshlangan? 
A) 1905-yil 9-yanvar 
B) 1905-yil 17-oktabr 
C) 1906-yil 27-aprel 
D) 1907-yil 3-iyun

14. 1905-yil 9-yanvar sanasi qaysi mamlakat tarixiga “qonli yakshanba” nomi bilan kirgan? 
A) AQSH 
B) Avstro-Vengriya 
C) Xitoy 
D) Rossiya

1905-yil 9-yanvar 

Qoʻshimcha manba: “Qonli yakshanba”

15. Rossiyada I Davlat Dumasi qachon oʻz ishini boshlagan? 
A) 1905-yil 9-yanvar 
B) 1905-yil 17-oktabr 
C) 1906-yil 27-aprel 
D) 1907-yil 3-iyun

Nikolay II 1-davlat Dumasi faoliyatini tantanali ochib bermoqda

16. I Rossiya Davlat Dumasi faoliyatida necha nafar deputat qatnashgan? 
A) 260 nafar 
B) 442 nafar 
C) 448 nafar 
D) 543 nafar

Qoʻshimcha manba: Rossiya imperiyasi Davlat Dumasi

17. I Rossiya Davlat Dumasi faoliyatidagi asosiy masala – bu ... 
A) agrar 
B) harbiy 
C) saylov 
D) ta’lim

Duma majlislari oʻtkazilgan Tavrida saroyi

18. II Rossiya Davlat Dumasiga saylov qachon oʻtkazilgan? 
A) 1906-yil oktabr
B) 1907-yil yanvar 
C) 1907-yil iyun 
D) 1907-yil oktabr

19. Rossiyada 1907-yil 3-iyunda qabul qilingan yangi saylov toʻgʻrisidagi qonunga binoan 1 pomeshchikning ovozi nechta yirik burjuaziya vakilining ovoziga teng edi? 
A) 4 ta 
B) 10 ta 
C) 20 ta 
D) 50 ta

II Davlat Dumasning musulmon deputatlari

20. Lotincha, hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) manifest 
B) dekret 
C) nota 
D) ultimatum

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...