Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr – Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
Comments