Skip to main content

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA XITOY



1.  XIX asrning 70-yillarida chet elliklar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar? 
A) 10 dan ortiq 
B) 20 ga yaqin 
C) 26 ta 
D) 30 dan ortiq




2.  Germaniya qachon Xitoyga qarashli Szyaochjouan (Sindao) koʻrfazini bosib olib, Shandun viloyatini oʻz ta’sir dorasiga kiritgan? 
A) 1894-yil 
B) 1897-1898-yy. 
C) 1900-yil 
D) 1881-yil

3.  Xitoyning Guamchjuan koʻrfazi va Yunan viloyati qaysi mamlakat tomonidan egallab olingan? 
A) Germaniya 
B) Fransiya 
C) Buyuk Britaniya 
D) AQSH

4.  XIX asr oxirida Xitoyning Veyxayvey porti va Yanszi daryosi havzasi qaysi davlat ta’sir doirasiga tushib qolgan? 
A) Yaponiya 
B) Rossiya 
C) Fransiya 
D) Buyuk Britaniya



5.  Xitoyning Futsziyan viloyati quyidagi qaysi davlat tomonidan bosib olingan? 
A) Yaponiya 
B) Rossiya 
C) Fransiya 
D) Buyuk Britaniya

6.  Xitoyda ilk sanoat korxonalari qachon paydo boʻla boshlagan? 
A) XIX asr boshi 
B) B) XIX asr oʻrtalari 
C) XIX asr oxiri 
D) XX asr boshi



7.  Shimoliy Xitoyda birinchi temiryoʻl ishga tushirilgan sanani belgilang. 
A) 1897-yil 
B) 1881-yil 
C) 1890-yil 
D) 1876-yil

8.  Xitoy 1876-yilda qaysi davlat bilan asoratga soluvchi konvensiya imzolagan? 
A) Germaniya 
B) Portugaliya 
C) Fransiya 
D) Buyuk Britaniya

9.  Vyetnam qachon Fransiya tomonidan bosib olingan? 
A) 1880-yil 
B) 1884-yil 
C) 1872-yil 
D) 1874-yil

10. Nechanchi yilda Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan hukmronligidan voz kechib, u yerda Fransiya protektoratini tan olgan? 
A) 1880-yil 
B) 1884-yil 
C) 1872-yil 
D) 1874-yil

11. Manjurlarning Sin sulolasini agʻdarib tashlash va Xitoyda demokratik milliy davlat tuzish uchun kurashgan «Xitoy uygʻonish jamiyati» tashkilotchisi kim edi? 
A) Chan Kayshi 
B) Yuan Shikay 
C) Sun Yat Sen 
D) Mao Sze Dun





12. Xitoydagi «Ixetuan» harakati nechanchi yilda qoʻzgʻolon tusini olgan? 
A) 1880-yil 
B) 1884-yil 
C) 1899-yil 
D) 1912-yil



13. Chet el intervensiyasi Xitoyda qachon boʻlib oʻtgan? 
A) 1899-yil 
B) 1900-yil 
C) 1901-yil 
D) 1889-yil



14. Xitoyga qarshi chet el intervensiyasida nechta davlat ishtirok etgan? 
A) 4 ta 
B) 7 ta 
C) 8 ta 
D) 12 ta

15. Lotincha «aralashuv» - oʻzga davlat hududini bosib olish, oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida shu davlat ichki ishlariga zoʻrlik bilan aralashish mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) konkista 
B) ekspansiya 
C) anneksiya 
D) intervensiya

16. Ispancha «xarid qiluvchi» - iqtisodiy qoloq va qaram davlatlar burjuaziyasi chet el kapitali bilan ichki bozor oʻrtasida vositachilik qiluvchi qismi qanday ataladi? 
A) negosiant 
B) komprador 
C) konkistador 
D) aksioner

17. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xitoy bilan tovar ayirboshlashda qaysi davlat birinchi oʻrinda turgan? 
A) Yaponiya 
B) Buyuk Britaniya 
C) Fransiya 
D) Rossiya

18. Sun Yat Sen qachon yashagan? 
A) 1866-1925-yy. 
B) 1843-1910-yy. 
C) 1879-1955-yy. 
D) 1847-1922-yy.



19. Sun Yat Sen qaysi shahar yaqinida tugʻilgan? 
A) Pekin 
B) Shanxay 
C) Guanchjou 
D) Xanchjou

20. Sun Yat Sen tomonidan «Xitoy uyushmalari ittifoqi» («Tunminxay») siyosiy tashkiloti tuzilgan sanani belgilang. 
A) 1899-yil 
B) 1900-yil 
C) 1905-yil 
D) 1911-yil

21. Qachondan boshlab «Xitoy uyushmalari ittifoqi»ning «Minbao» gazetasi chop etila boshlagan? 
A) 1901-yil 
B) 1905-yil 
C) 1906-yil 
D) 1909-yil

22. Nechanchi yilda Xitoy hukumati tomonidan chet elliklardan temiryoʻl qurilishi uchun qarz olish haqida imzolangan bitim qurolli qarshilik harakati avj olishiga sabab boʻlgan? 
A) 1905-yil 
B) 1906-yil 
C) 1909-yil 
D) 1911-yil



23. Sinxay inqilobi davrida Xitoydagi qaysi shaharda askarlar yotogʻini tintuv qilishga kirgan manjur ma’muriyati tarafdorlari askarlar tomonidan oʻldirilgan? 
A) Uxan 
B) Guanchjou 
C) Pekin 
D) Shanxay

24. Koʻp yillik muhojirlikdan soʻng Sun Yat Sen qachon Xitoyga qaytib keladi? 
A) 1899-yil 
B) 1900-yil 
C) 1905-yil 
D) 1911-yil

25. Xitoy qachon Respublika deb e’lon qilingan? 
A) 1900-yil 
B) 1911-yil 
C) 1912-yil 
D) 1949-yil



26. Quyidagi qaysi mamlakatda XX asr boshlarida milliy inqilob natijasida ikki hokimiyatchilik vujudga kelgan? 
A) Eron 
B) Afgʻoniston 
C) Xitoy 
D) Yaponiya

27. Sinxay inqilobi davrida Pekindagi imperator hukumatining boshligʻi kim edi? 
A) Chan Kayshi 
B) Yuan Shikay 
C) Li Szi Chjen 
D) Sun Yat Sen

28. Sinxay inqilobi davrida Xitoydagi respublikaga qarshi kuchlar kimning atrofida birlashganlar? 
A) Chan Kayshi 
B) Yuan Shikay 
C) Li Szi Chjen 
D) Sun Yat Sen



29. 1912-yil 12-fevralda Xitoy tarixida qanday voqea sodir boʻlgan? 
A) Respublika e’lon qilingan 
B) Sin sulolasi taxtdan voz kechishga majbur etilgan 
C) chet el intervensiyasi boshlangan 
D) Yaponiya-Xitoy urushi boshlangan

30. Xitoy Gomindan (Milliy Partiya) partiyasi nechanchi yilda tuzilgan? 
A) 1899-yil 
B) 1912-yil 
C) 1905-yil 
D) 1911-yil

31. Xitoyda «ikkinchi inqilob» deb atalgan qoʻzgʻolon nechanchi yilda boshlangan? 
A) 1911-yil 
B) 1912-yil 
C) 1913-yil 
D) 1914-yil

32. Yuan Shikay tomonidan Konstitutsiyaviy Kengash chaqirilgan sanani belgilang. 
A) 1911-yil 
B) 1912-yil 
C) 1913-yil 
D) 1914-yil

33. «Yangi Xitoy Konstitutsiyasi» qachon qabul qilingan? 
A) 1911-yil 
B) 1912-yil 
C) 1913-yil 
D) 1914-yil

34. 1628-1644-yillardagi dehqonlar urushi natijasida Xitoyda qaysi sulola hokimiyati barham topgan? 
A) Yuan 
B) Min 
C) Sun 
D) Sin




Comments