Skip to main content

I JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING TURKISTONGA TAʼSIRI


1.  Antanta ittifoqiga a’zo davlat nomi qaysi javobda berilmagan? 
A) Rossiya 
B) Fransiya 
C) Angliya 
D) Turkiya

2.  Turkistonda qachon “favqulodda muhofaza holati” e’lon qilingan? 
A) 1892-yil 
B) 1914-yil 
C) 1916-yil 
D) 1917-yil


3.  1914-yilda Turkistonda joriy etilgan “favqulodda holat”ga rioya qilmaganlar qancha muddatga qamoq jazosi bilan jazolangan? 
A) 1 oy 
B) 3 oy 
C) 6 oy 
D) 1 yil

4.  Rossiya imperatori Nikolay II qaysi yillarda hukmronlik qilgan? 
A) 1689-1725-yy. 
B) 1759-1792-yy. 
C) 1800-1825-yy. 
D) 1894-1917-yy.


5.  Imperator Nikolay II ning front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisida farmoni qachon e’lon qilinadi? 
A) 1916-yil 25-iyun 
B) 1916-yil 4-iyul 
C) 1916-yil 11-iyul 
D) 1917-yil 8-aprel

6.  Imperator Nikolay II ning front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyatidan qancha aholi mardikorlikka yuborish belgilangan edi? 
A) 87 ming 
B) 38 ming 
C) 50 ming 
D) 43 ming

7.  Turkiston oʻlkasining Samarqand viloyatidan qancha aholi front ortidagi xizmatlar uchun mardikorlikka yuborilishi belgilangan edi? 
A) 87 ming 
B) 38 ming 
C) 50 ming 
D) 43 ming

8.  Turkiston oʻlkasining Fargʻona viloyatidan front ortida xizmat qilish uchun qancha aholi yuborilishi belgilangan? 
A) 87 ming 
B) 38 ming 
C) 50 ming 
D) 43 ming

9.  1916-yil 25-iyundagi podsho farmoniga koʻra, Turkiston oʻlkasidagi qaysi viloyatda belgilangan mardikorlarni toʻplash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga toʻgʻri kelgan? 
A) Fargʻona 
B) Sirdaryo 
C) Kaspiyorti 
D) Samarqand


10. Viloyatda norozilik kayfiyatidagi odamlarning koʻpligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta gʻalayonlar chiqishiga sabab boʻlishi mumkinligi haqida oʻlka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot bergan Fargʻona viloyati gubernatori kim edi? 
A) A.Gippius 
B) N.Korolkov 
C) O.Rozenbax 
D) Kerenskiy


11. Viloyatda norozilik kayfiyatidagi odamlarning koʻpligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta gʻalayonlar chiqishining oldini olish toʻgʻrisidagi ma’lumotlari “podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish” deb hisoblanib, lavozimidan ozod qilingan Fargʻona viloyati harbiy gubernatori kim edi? 
A) A.Gippius 
B) N.Korolkov 
C) O.Rozenbax 
D) Kerenskiy


12. 1916-yil 4-iyulda Turkiston oʻlkasining qaysi shahrida mardikorlikdan bosh tortgan aholi norozilik bildirib chiqqan? 
A) Samarqand 
B) Xoʻjand 
C) Toshkent 
D) Shahrixon

13. Samarqandning Urgut qishlogʻida Rossiya podshosi Nikolay II ning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi aholining norozilik chiqishlari boʻlib oʻtgan sanani belgilang. 
A) 1916-yil 4-iyul 
B) 1916-yil 5-iyul 
C) 1916-yil 11-iyul 
D) 1916-yil 9-iyul


14. Dahbedda Rossiya podshosi Nikolay II ning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi aholining norozilik chiqishlari boʻlib oʻtgan sanani belgilang. 
A) 1916-yil 4-iyul 
B) 1916-yil 5-iyul 
C) 1916-yil 11-iyul 
D) 1916-yil 7-iyul

15. Rossiya podshosi Nikolay II ning aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmonidan norozi boʻlgan aholi Toshkentning Beshyogʻoch dahasidagi politsiya mahkamasi oldiga toʻplangan sanani belgilang. 
A) 1916-yil 4-iyul 
B) 1916-yil 5-iyul 
C) 1916-yil 11-iyul 
D) 1916-yil 9-iyul

16. Turkistonning qaysi shahrida Rossiya podshosi Nikolay II ning aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoniga qarshi norozilik chiqishlari oqibatida 11 kishi otib oʻldirilib, 15 kishi yarador boʻlgan? 
A) Andijon 
B) Toshkent 
C) Shahrixon 
D) Namangan

17. Andijon shahri aholisi tomonidan Rossiya podshosi Nikolay II ning aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoniga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazilgan sanani belgilang. 
A) 1916-yil 4-iyul 
B) 1916-yil 5-iyul 
C) 1916-yil 9-iyul 
D) 1916-yil 11-iyul

18. Turkistonning qaysi shahrida 1916-yil qoʻzgʻolonini tarqatish chogʻida 3 kishi otib oʻldirilib, 12 kishi yarador boʻlgan? 
A) Andijon 
B) Toshkent 
C) Shahrixon 
D) Namangan

19. 1916-yil 10-iyulda Turkistonning qaysi shahrida taxminan 25 ming aholi podshoning mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoniga norozilik bildirib, bozor atrofiga yigʻildi? 
A) Andijon 
B) Eski Margʻilon 
C) Shahrixon 
D) Toshkent

20.  Turkistonda 1916-yilda quyidagi qaysi shaharda podshoning mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmonidan norozi mahalliy aholi tomonidan 2 mirshab oʻldirilgan? 
A) Andijon 
B) Eski Margʻilon 
C) Shahrixon 
D) Toshkent

21.  Eski Margʻilondagi 1916-yil qoʻzgʻolonini bostirish chogʻida qoʻzgʻolonchilardan necha kishi otib oʻldirilgan? 
A) 12 
B) 15 
C) 25 
D) 63

22.  Shahrixonda 1916-yilgi qoʻzgʻolon natijasida necha nafar qoʻzgʻolonchi oʻldirilgan? 
A) 15 
B) 16 
C) 25 
D) 63

23.  1916-yil 11-iyulda Turkistonning qaysi shahrida Rossiya podshosi Nikolay II ning aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoniga qarshi aholining norozilik chiqishlari boʻlib oʻtgan? 
A) Andijon 
B) Eski Margʻilon 
C) Shahrixon 
D) Namangan

24.  XX asr boshlarida Jizzax aholisi, asosan, nima yetishtirish bilan shugʻullangan? 
A) chorvachilik mahsulotlari 
B) don mahsulotlari 
C) hunarmandchilik mahsulotlari 
D) paxta

25.  Podsho farmoniga koʻra, mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan roʻyxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishi chaqirilgan? 
A) 7 ming 
B) 10 ming 
C) 11 ming 
D) 15 ming

26.  Samarqand viloyati Jizzax uyezdida Rossiya podshosi Nikolay II ning aholini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni e’lon qilingan sanani aniqlang. 
A) 1916-yil 3-iyul 
B) 1916-yil 4-iyul 
C) 1916-yil 5-iyul 
D) 1916-yil 7-iyul

27.  1916-yilgi Jizzax qoʻzgʻoloniga kimlar rahbarlik qilgan? 
1. Rizvonbibi Ahmadjonova; 2. Nazirxoʻja eshon; 3. Abdurahmon jevachi; 4. Mirzayor Xudoyorov. 
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 4

28.  1916-yil 13-iyulda Jizzax shahrida mardikorlikka olish boʻyicha roʻyxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyorov oldiga borgan hunarmandlarga kim boshchilik qilgan? 
A) Damin Kulol 
B) Abdurahmon jevachi 
C) Nazirxoʻja eshon 
D) Qosim hoji eshon

29. Jizzax qoʻzgʻolonidan xabar topgan podsho hukumati ... boshchiligida harbiy kuch yuboradi. 
A) A.Gippius 
B) polkovnik Ivanov 
C) N.Kuropatkin 
D) I.Abramov

30. Turkistonda qoʻzgʻolon koʻtargan shaharlardan qaysi birida qoʻzgʻolon ishtirokchilari temiryoʻl stansiyalari, aloqa simlarini uzib, temiryoʻl va koʻpriklarni buzib tashlaydilar? 
A) Jizzax 
B) Andijon 
C) Toshkent 
D) Xoʻjand

31. Jizzax qoʻzgʻoloni ishtirokchilaridan necha kishi hibsga olinib, jazoga tortilgan? 
A) 600 kishi 
B) 1500 kishi 
C) 2000 kishi 
D) 3000 kishi

32. Turkiston oʻlkasida 1916-yilda qoʻzgʻolon koʻtargan qaysi shahar aholisi qoʻzgʻolonda ishtirok etganligi, qoʻzgʻolonchilarga xayrixoh boʻlganligi va ularni tutishda podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun oʻz uylaridan choʻlga haydab yuborilgan? 
A) Xoʻjand 
B) Eski Margʻilon 
C) Jizzax 
D) Shahrixon

33. “Qurol-aslahaxona boshligʻi” ma’nosini beruvchi atamani belgilang. 
A) kudungar 
B) jevachi 
C) oftobachi 
D) qoʻrboshi

34. “Urush frontlariga yana bir – Turkiston fronti qoʻshildi” degan jumlada quyidagi qaysi tarixiy voqeaga ishora qilingan? 
A) “Vabo isyoni” 
B) Andijon qoʻzgʻoloni 
C) 1916-yil qoʻzgʻoloni 
D) Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinishi

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...