Skip to main content

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA HINDISTON


























1.  1886-yilda Hindistonda toʻqimachilik sanoatida nechta fabrika bor edi? 
A) 95 ta 
B) 190 ta 
C) 250 ta 
D) 310 ta

2.  1870-1890-yillarda Hindistonda yuz bergan ocharchiliklar natijasida qancha odam qirilib ketgan? 
A) 1 mln 
B) 4 mln 
C) 18 mln 
D) 20 mln

3.  Ingliz ma’muriyati nechanchi yilda Hindistonda milliy tilda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qilgan? 
A) 1886-yil 
B) 1878-yil 
C) 1910-yil 
D) 1904-yil

4.  Nechanchi yilga kelib Hindistonda sanoat ishchilari soni salkam 1 mln kishiga yetdi? 
A) 1905-yil 
B) 1907-yil 
C) 1910-yil 
D) 1914-yil

5.  1904-yilda quyidagi qaysi mamlakatda 1 mln odam vabodan qirilgan? 
A) Xitoy 
B) Rossiya 
C) Efiopiya 
D) Hindiston

6.  Quyidagi qaysi mamlakatda mustamlakachi ma’muriyat universitetlarga kirish pulini ikki marta oshirib, ulardagi huquq fakultetlarini yopib qoʻygan, demokratik ruhdagi, xalq manfaatini oʻylovchi kishilar universitetlarga kirishini butunlay taqiqlab qoʻygan? 
A) Xitoy 
B) Eron 
C) Hindiston 
D) Misr

7.  Bombey shahrida Hindiston Milliy Kongressi partiyasi qachon tuzilgan? 
A) 1878-yil 
B) 1885-yil 
C) 1905-yil 
D) 1910-yil

8.  Hindistonda «Musulmonlar ligasi» qachon tashkil topdi? 
A) 1885-yil 
B) 1890-yil 
C) 1897-yil 
D) 1905-yil

9.  «Milliy Kongress inqilobdan arzonroq» deb ta’kidlagan ingliz davlat arbobi – bu ... 
A) Lord Dafferin 
B) Jorj Kerzon 
C) bosh vazir Dizraeli 
D) bosh vazir David Lloyd-Jorj

10. Hindiston Milliy Kongressida nechanchi yilda «soʻl» radikal oqim shakllangan? 
A) 1885-yil 
B) 1890-yil 
C) 1897-yil 
D) 1905-yil

11. Hindiston Milliy Kongressining «soʻl» – radikal oqimiga kim boshchilik qilgan? 
A) B.G.Tilak 
B) L.B.Shastri 
C) J.Neru 
D) M.K.Gandi

12. B.G.Tilak yashagan yillar qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? 
A) 1866-1925-yy. 
B) 1856-1920-yy. 
C) 1843-1910-yy. 
D) 1847-1922-yy.

13. Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan qaysi biri dinga, uning ommani uyushtiruvchi kuchiga katta baho bergan? 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

14. B.G.Tilak Hindistonning qaysi shahrida mustaqil oʻrta maktabga asos solgan? 
A) Bombey 
B) Dehli 
C) Puna 
D) Kalkutta

15. Hindistonda kim tomonidan «Kesari» («Sher») gazetasi tashkil etilgan? 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

16. Hindiston sharoitida qurolli qoʻzgʻolon yoʻli bilan ozodlikka chiqishning iloji yoʻqligini anglab, «kuch ishlatmaslik» yoʻlini tanlagan milliy-ozodlik harakati namoyondasi kim edi? 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

17. «Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas» jumlalari kimga tegishli? 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

18. Tilak inglizlar tomonidan bir yarim yilga qamalgan sanani aniqlang. 
A) 1885-yil 
B) 1880-yil 
C) 1890-yil 
D) 1897-yil

19. Bengaliya nechanchi yilda ingliz mustamlakachilari tomonidan ikkiga boʻlib yuborilgan? 
A) 1897-yil 
B) 1905-yil 
C) 1906-yil 
D) 1909-yil

20. «Soʻl» radikal oqim talabi bilan Hindiston Milliy Kongressi tomonidan qoʻshimcha qaror qabul qilingan sanani aniqlang. 
A) 1904-yil 
B) 1905-yil 
C) 1906-yil 
D) 1911-yil

21. Nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirgan Hindiston milliy-ozodlik harakati namoyondasi – bu ... 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

22. Boshqaruvni hindlashtirishga, mahalliy millatni fabrika va zavod qurishga chaqirgan milliy-ozodlik kurashi namoyondasi kim edi? 
A) Tilak 
B) Mahatma Gandi 
C) L.B.Shastri 
D) J.Neru

23. Nechanchi yilda Bombey shtatining Surat shahrida HMK qurultoyi chaqirilib, moʻtadil oqim tomonidan ingliz imperiyasi tarkibida qolish, ayni paytda, oʻz oʻzini boshqarish huquqi berilishi tarafdorlarining fikri ma’qullanadi? 
A) 1905-yil 
C) 1906-yil 
C) 1907-yil 
D) 1908-yil

24. Tilak boshliq radikal oqim nechanchi yilda Hindiston Milliy Kongressi tarkibidan chiqarilgan? 
A) 1890-yil 
B) 1897-yil 
C) 1905-yil 
D) 1908-yil

25. «Hindiston Kengashlari haqida qonun» qachon qabul qilingan? 
A) 1905-yil 
B) 1908-yil 
C) 1909-yil 
D) 1915-yil

26. Hindistonda nechanchi yilda mustamlaka ma’muriyat tomonidan ish vaqtini 12 soat bilan cheklash haqida qonun qabul qilingan? 
A) 1908-yil 
B) 1909-yil 
C) 1910-yil 
D) 1911-yil

27. Ingliz mustamlakachilari boʻlingan Bengaliyani qachon qayta birlashtirishga majbur boʻlganlar? 
A) 1908-yil 
B) 1909-yil 
C) 1910-yil 
D) 1911-yil

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...