Skip to main content

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA AFGʻONISTON





Afg;onistonda Durroniylar hukmronligi (1747-1826)

1.  Buyuk Britaniya qachondan Hindiston-Afgʻoniston chegarasida harbiy kuch toʻplay boshlagan? 
A) 1858-yil 
B) 1868-yil 
C) 1873-yil 
D) 1881-yil

2.  Afgʻoniston amiri Sheralixonning soʻroviga javoban Rossiya Kobulga ... boshchiligida elchilik missiyasi yuboradi. 
A) general Stoletov 
B) general Skobelev 
C) senator K.Palen 
D) harbiy vazir Kuropatkin


3.  Nechanchi yilda Afgʻoniston amiri Sheralixon ingliz missiyasini Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortadi? 
A) 1873-yil 
B) 1878-yil 
C) 1879-yil 
D) 1880-yil

4.  Buyuk Britaniya 1878-yilda qaysi mamlakatga qarshi urush harakatlarini boshlagan? 
A) Xitoy 
B) Misr 
C) Afgʻoniston 
D) Argentina

5.  Gandamak bitimi qaysi mamlakatlar oʻrtasida imzolangan? 
A) Rossiya-Afgʻoniston 
B) Afgʻoniston-Buyuk Britaniya 
C) Eron-Afgʻoniston 
D) Buyuk Britaniya-Eron


6.  Buyuk Britaniya bilan Gandamak bitimini imzolagan Afgʻoniston amiri – bu ... 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Omonullaxon

7.  Gandamak bitimi nechanchi yilda imzolangan? 
A) 1873-yil 
B) 1878-yil 
C) 1879-yil 
D) 1880-yil

8.  Qaysi Afg‘oniston amiri davrida Kobulda ingliz rezidensiyasi ochilgan? 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Omonullaxon

9.  Afgʻonistonning sobiq amiri M.Afzalxonning oʻgʻli Abdurahmon nechanchi yilda Shimoliy Afgʻonistonda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan? 
A) 1878-yil 
B) 1879-yil 
C) 1880-yil 
D) 1887-yil

10. Ikkinchi ingliz-afgʻon urushi qachon boʻlib oʻtgan? 
A) 1878-1879-yy. 
B) 1873-1880-yy. 
C) 1878-1880-yy. 
D) 1873-1878-yy.

11. 1880-yilda Abdurahmonxon bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Afgʻonistonning qaysi viloyati inglizlar ta’sir doirasida qolgan? 
A) Hirot 
B) Kobul 
C) Qandahor 
D) Mozori Sharif

12. Amir Abdurahmon Afgʻonistonni qaysi yillarda idora qilgan? 
A) 1880-1891-yy. 
B) 1880-1888-yy. 
C) 1880-1900-yy. 
D) 1880-1901-yy.

13. Mamlakatda “yopiq” siyosat olib borgan Afgʻoniston amiri – bu ... 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Ayubxon

14. Qaysi afgʻon amiri davrida chet elliklar, ayniqsa, yevropaliklarning bu mamlakatga kirishi taqiqlangan? 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) M.Afzalxon

15. Qaysi Afg’oniston amiri davrida mamlakatda ma’muriy politsiya apparati tuzilgan? 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Ayubxon

16. Quyidagi afgʻon amirlaridan kimning davrida karvon yoʻllari xavfsizligi bir qadar ta’minlanib, qaroqchilar shafqatsiz jazolangan? 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Ayubxon

17. Diniy ulamolarni oʻz tarafida tutish uchun ularga maosh belgilagan Afgʻoniston amiri kim edi? 
A) Sheralixon 
B) Yoqubxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Ayubxon

18. Qaysi afgʻon amiri davrida yagona pul birligi, mamlakat uchun bir xil tosh tarozi va uzunlik oʻlchovlari joriy qilingan? 
A) Sheralixon 
B) M.Afzalxon 
C) Abdurahmonxon 
D) Omonullaxon

19. Nechanchi yilda turkmanlar yashaydigan joylarda afgʻon-rus chegaralari qat’iy belgilab olindi? 
A) 1878-yil 
B) 1881-yil 
C) 1885-yil 
D) 1887-yil

20. Hind daryosi boʻyida yashaydigan afgʻon qabilalari nechanchi yilda boʻysundirilgan? 
A) 1901-yil 
B) 1849-yil 
C) 1709-yil 
D) 1893-yil

21. Dyurand chizigʻi nechanchi yilda belgilangan? 
A) 1887-yil 
B) 1891-yil 
C) 1893-yil 
D) 1901-yil

22. Habibullaxon nechanchi yilda Afgʻoniston taxtiga oʻtirgan? 
A) 1879-yil 
B) 1880-yil 
C) 1901-yil 
D) 1905-yil

23. Nechanchi yilda Afgʻoniston Buyuk Britaniya manfaatlari mintaqasi deb e’lon qilingan? 
A) 1901-yil 
B) 1907-yil 
C) 1878-yil 
D) 1887-yil

24. “Yosh afgʻonlar” harakatiga kim rahbarlik qilgan? 
A) Muhammad Tarziy 
B) Ahmad Orabibey 
C) Jamoliddin al-Afgʻoniy 
D) Omonullaxon

25. Qaysi afgʻon amiri “yosh afgʻonlar” ruhida tarbiyalangan edi? 
A) Ayubxon 
B) Abdurahmonxon 
C) Habibullaxon 
D) Omonullaxon


 26.  Lotincha, yuksak burch, mas’uliyatli vazifa; bir davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan vakillari mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) rezidensiya 
B) missiya 
C) diplomatiya 
D) agent

1996-yil, Afgʻoniston

Comments