Skip to main content

ZAKOVAT - 10


[SAVOLLARGA JAVOBLARNI VA ISMINGIZNI IZOH SHAKLIDA YOZIB QOLDIRING. 
PS. SINFINGIZNI HAM]

1. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?

2. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?

3.  Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.

4. 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o’qiyman: “Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.” Bu kim edi?

5. Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.

6. Qo’l yozmadan na’muna keltiraman: “Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.” Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.

7. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?

8. Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?

9. Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?

10.  U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.

Comments