Skip to main content

ZAKOVAT - 30


[ISM-SHARIFINGIZ, SINFINGIZNI KOʻRSATGAN SAVOLLARGA JAVOBLARNI IZOHLARDA QOLDIRING]

1. Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar
qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?

2. Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan
berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?

3. U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir
plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?

4. Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa-rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?

5. O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?

6. Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. Shahardan tashqarida qurilgan villa, atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z
bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?

7. Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi so‘z?

8. Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?

9. Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek, musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?

10. Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt
Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?

Comments

Anvar said…
10 Rimskiy Korsakov
8 Kometa
7 utopiya
5 marafon
1 Sulaymon

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
12- §. QOʻQON XONLIGINING BOSIB OLINISHI Qoʻqon xonligining uchta bayrogʻidan biri Oʻrta Osiyo xonliklari hududi (XIX asr oʻrtalari) 1.   Nechanchi yilda K.P.Kaufman Qoʻqon xonligida oʻz ta’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzgan?  A) 1853-yil  B) 1867-yil  C) 1868-yil  D) 1875-yil 2.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni qachon boshlangan?  A) 1873-yil  B) 1874-yil  C) 1875-yil   D) 1876-yil 3.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni rahbarining asl ismi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?  A) Nasriddinbek  B) Mulla Is’hoq   C) Mulla Hasan  D) Abdurah mon oftobachi Poʻlatxon (Mulla Isʼhoq Mulla Hasan oʻgʻli) 4.   Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon Poʻlatxon qoʻzgʻolonini bostirish uchun kimlar boshchiligida qoʻshin yuborgan?  A) Abdurahmon oftobachi, Mulla Is’hoq  B) Mulla Is’hoq, Musulmonqul mingboshi  C) Abdurahmon oftobachi, Nasriddinbek  ...