[ISM-SHARIFINGIZ, SINFINGIZNI KOʻRSATGAN SAVOLLARGA JAVOBLARNI IZOHLARDA QOLDIRING]
1. Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?
2. Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi.
Bu qaysi mamlakat?
3. Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na
yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?
4. Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a
quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
5. Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan. Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlari bu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shved qo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy?
6. Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza
haykalchalari. Bu odam kim?
7. Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?
8. Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklar qiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchada
musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?
9. 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga
yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?
10. Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.
Comments
1. самовар, 2. Korea,3. kosmonavtika, 4. Кремль 5. Кремль, 6. Крыловб 7.Куба, 8. Атлетика, 9. da Vinci, 10. Пчёлы.