Skip to main content

HINDISTON VA POKISTON 1946-1991-YILLARDA

1.   XX asr boshlarida Hindistonda jamiyat taraqqiyotga to’sqinlik qilayotgan omillar quyidagi qaysi javobda ko’rsatilgan? 
1. Kasta tizimi; 
2. Qabilachilik; 
3. Tabaqalarga bo’lish; 
4. Milliy nizolar; 
5. Diniy nizolar.

2.   Jahon urushlari oralig‘ida Hindiston milliy ozodlik harakatining asosiy kuchini … tashkil qildi. 
A) talabalar 
B) dehqonlar 
C) ziyolilar 
D) burjuaziya

3.   1920-1940-yillarda hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi …ning roli beqiyos bo‘ldi. 
A) Bal Gangadxara Tilak 
B) Maxatma Gandi 
C) Javaharlal Neru 
D) Amrita Pritam

4.   Jahon urushlari oralig‘ida quyidagi qaysi tarixiy shaxs Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasining g‘oyaviy rahbari, xalq harakatining yetakchisiga aylandi? 
A) Bal Gangadxara Tilak 
B) Maxatma Gandi 
C) Javaharlal Neru 
D) Amrita Pritam

5.   Hind xalqini qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qolgan zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatish taktikasini kim ishlab chiqqan? 
A) Bal Gangadxara Tilak 
B) Maxatma Gandi 
C) Javaharlal Neru 
D) Amrita Pritam

6.   Milliy ozodlik kurashining, zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatishning «Gandizm» deb nomlangan usuli Hindiston an’analarinidan tashqari qaysi ijtimoiy qatlam vakillari psixologiyasini chuqur bilishga asoslangan? 
A) ziyolilar 
B) dindorlar 
C) dehqonlar 
D) hunarmandlar

7.   Gandizm mafkurasi Hindistondagi qaysi ijtimoiy qatlam vakillarini o’zaro birlashtirgan? 
1. Dehqonlar; 
2. Talabalar; 
3. Ziyolilar; 
4. Hunarmandlar; 
5. Milliy burjuaziya; 
6. Dindorlar.

8.   Davlatning ichki ishlar va tashqi siyosatdagi to‘liq mustaqilligi mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) suverenitet 
B) neytralitet 
C) vassalitet 
D) paritet

9.   An’anaviy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy va diniy tartiblar tarafdori bo‘lgan siyosiy oqimni anglatuvchi atama – bu … 
A) sotsializm 
B) konservatizm 
C) pluralizm 
D) merkantilizm

10. Quyidagi fikrlar muallifini aniqlang. «Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida, eshik va derazalarim dan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman». 
A) Sun Yat Sen 
B) Nelson Mandela 
C) Maxatma Gandi 
D) Jamol Abdul Nosir

Part 1

Part 2


Part 3

Part 4

Part 5

Part 6

Part 7

Part 8

Part 9.0

Part 9.1

Part 10

1.   Quyidagi qaysi sabablar Buyuk Britaniyani tezroq Hindistonni tark etishga majbur qilgan? 
1. Hindistondagi hind va musulmon diniy jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashishi; 
2. Urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyarli ocharchilik holatiga olib kelganligi; 
3. Mahatma Gandi boshchiligidagi HMKning faol siyosiy kampaniyasi; 
4. Xalqaro hamjamiyat tomonidan ko’rsatilayotgan siyosiy bosim.

2.   1946-yil 9-dekabrda ochilgan Ta’sis majlisi quyidagi qaysi mamlakatni ikkiga bo’lish to’g’risidagi rejani ishlab chiqdi? 
A) Vetnam 
B) Hindiston 
C) Koreya 
D) Falastin

3.   Ta’sis Majlisi tomonidan Hindistonni ikkita davlatga bo’lish rejasi ishlab chiqilganda quyidagi qaysi omil bo’linishga asos qilib olingan? 
A) aholining hind va musulmon diniy jamoalariga mansubligi 
B) aholining til xususiyatlari bo’yicha alohida guruhlarga mansubligi 
C) aholining ishlab chiqarish munosabatlariga ko’ra mansubligi 
D) aholining urbanizatsiya darajasiga ko’ra mansubligi

4.   Ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilingan sanani belgilang. 
A) 1949-yil 1-oktabr 
B) 1947-yil 15-avgust 
C) 1978-yil 27-aprel 
D) 1948-yil 4-noyabr

5.   Pokiston va Hindiston bo’lingandan keyingi davrda Hindiston hukumatini kim boshqargan? 
A) Mahatma Gandi 
B) Javaharlal Neru 
C) Liikat Alixon 
D) Bxarat Vajpai

6.   Pokiston va Hindiston bo’lingandan keyingi davrda Pokiston hukumatini kim boshqargan? 
A) Ziyoulhaq 
B) Ayyubxon 
C) Muhammad Yahyoxon 
D) Liikat Alixon

7.   Musulmonlarni himoya qilganlikda ayblanib, hind-mutaassibi tomonidan o‘ldirilgan HMK rahbari kim edi? 
A) Mahatma Gandi 
B) Javaharlal Neru 
C) Indra Gandi 
D) Rajiv Gandi

8.   Quyidagi qaysi mamlakatda II jahon urushidan so’ng eng katta islohot agrar sohada o’tkazilib, yer unda mehnat qilayotgan dehqonlarga tarqatilgan? 
A) Xitoy 
B) Koreya 
C) Hindiston 
D) Pokiston

9.   Quyidagi qaysi mamlakatda II jahon urushidan so’ng o’tkazilgan agrar islohtga ko’ra, yerni ijaraga berib, undan foyda olishga asoslangan tizim bekor qilingan? 
A) Xitoy 
B) Koreya 
C) Hindiston 
D) Pokiston

10.    1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar …da jadal industrlashtirish boshlandi. 
A) Misr 
B) Argentina 
C) Hindiston 
D) Pokiston

11.    Quyidagi qaysi davlatda iqtisodiy o‘sish natijalari aholining o‘sish sur’atlari oldida juda past bo‘lib, yalpi milliy mahsulotning yarmidan ko‘pi ichki iste’molga sarf qilinishi natijasida 1960-yillarda sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlarga, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi? 
A) Braziliya 
B) Hindiston 
C) Indoneziya 
D) Xitoy

12.    XX asrda mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlari ichida … muqim parlament demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat bo‘ldi. 
A) Turkiya 
B) Hindiston 
C) Yaponiya 
D) Koreya

13.    1949-yili quyidagi qaysi davlatda qabul qilingan yangi Konstitutsiya asosiy demokratik erkinliklar, inson huquqlari, kastalar tengligini, hokimiyatning bo‘linishi prinsipini e’lon qilgan? 
A) Bangladesh 
B) Hindiston 
C) Pokiston 
D) Birma

14.    1949-yili quyidagi qaysi davlatda qabul qilingan yangi Konstitutsiyaga ko’ra e’lon qilingan prinsiplarni belgilang. 
1. Asosiy demokratik erkinliklar; 
2. Inson huquqlari; 
3. Kastalar tengligi; 
4. Hokimiyatning bo’linishi; 
5. Diniy masalada tolerantlik.

15.    1965-yil Hindiston bilan qaysi davlat o‘rtasida boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan? 
A) Xitoy 
B) Birma 
C) Pokiston 
D) Buyuk Britaniya

16.    1966-yili quyidagi qaysi shaharda Hindiston va Pokiston o‘rtasida urushni to’xtatishga qaratilgan muzokaralar bo‘lib o‘tgan? 
A) London 
B) Nyu-York 
C) Moskva 
D) Toshkent

17.    1966-1967-yillarda quyidagi qaysi mamlakat iqtisodida turg‘unlik yuz berdi? 
A) Yaponiya 
B) Xitoy 
C) Hindiston 
D) Koreya

18.    Quyidagi qaysi davlatda 1960-yillarda o’tkazilgan agrar islohotga qaramay, mamlakat dehqonlari hali ham ochlik darajasida kun kechirishda davom etgan? 
A) Braziliya 
B) Pokiston 
C) Hindiston 
D) Xitoy

19.    Hindiston Bosh vazirlaridan qaysi birining o’tkazgan islohotlari, asosan, iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga qaratilgan edi? 
A) Javaharlal Neru 
B) Indra Gandi 
C) Narendr Modi 
D) Narasimxa Rao

20.    Quyidagi qaysi mamlakatda 1970-yillarda Bosh vazir tomonidan o’tkazilgan islohotlar asosan, iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga qaratilgan edi? 
A) Yaponiya 
B) GFR 
C) Buyuk Britaniya 
D) Hindiston

21.    Qaysi davrdan boshlab Hindiston g‘alla bilan o‘zini o‘zi ta’minlay boshlagan? 
A) 1980-yillar boshlari B) 1980-yillar o’rtalari C) 1980-yillar ikkinchi yarmi D) 1970-yillar oxiri
22.    «J. Neru kursi» shakllangan davrni ko’rsating. 
A) 1940-yillar 
B) 1950-yillar 
C) 1960-yillar 
D) 1970-yillar

23.    1950-yillarda Hindiston hukumati tomonidan tashqi siyosatda qo’llangan buyuk davlatlar o‘rtasidagi mojarolardan chetda turish siyosati qanday nom olgan? 
A) “Qo’shilmaslik siyosati” 
B) “J.Neru kursi” 
C) “Satiyagraxa” 
D) “Gandizm”

24.    Qo‘shilmaslik harakatining tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Hindiston Bosh vaziri – bu … 
A) Javaharlal Neru 
B) Indra Gandi 
C) Narendr Modi 
D) Narasimxa Rao

25.    Quyidagi qaysi omil Hindistonning butun XX asrdagi tashqi siyosatini belgilab berdi? 
A) Kashmir mojarosi 
B) Qo’shilmaslik harakati 
C) atom bombasiga ega bo’lishga intilish 
D) Britaniya Hamdo’stligi Ittifoqi safidagi faoliyat

26.    Quyidagi qaysi omil Pokiston uchun millatni jipslashtiruvchi omil bo‘lib keldi? 
A) Kashmir mojarosi 
B) islom dini 
C) xalqaro maydonda AQSH madadiga tayanish 
D) mustamlakachilik tizimi asoratlariga qarshi kurash

27.    Qanday mojarolar mustaqillikdan keyin Pokistonda barqaror siyosiy tizimning shakllanishiga, iqtisodning rivojlanishiga xalaqit bergan? 
1. Diniy; 
2. Milliy; 
3. Hududiy; 
4. Siyosiy; 
5. Iqtisodiy; 
6. Ijtimoiy; 
7. Harbiy.

28.    Pokistonda 1977-yilgi harbiy to’ntarish natijasida hokimiyatga kim keldi? 
A) Ziyoulhaq 
B) Ayyubxon 
C) Muhammad Yahyoxon 
D) Liikat Alixon

29.    Parlamentni tarqatib yuborib, premyer-ministrni vazifasidan ozod qilgan hamda erkin saylovlar tayinlagan Pokiston rahbari kim edi? 
A) Ziyoulhaq 
B) Ayyubxon 
C) Muhammad Yahyoxon 
D) Liikat Alixon

30.    Pokistonda 1988-yilgi saylovlar natijasida hokimiyatga … boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi keldi. 
A) Zulfiqor Bxutto 
B) general Ayyubxon 
C) Liikat Alixon 
D) Benazir Bxutto

31.    Pokiston Bosh vazirlaridan qay birining boshqaruvi davrida Ziyo ul-Haq davrida qamoqqa olingan barcha siyosiy arboblarga amnistiya berilgan? 
A) Zulfiqor Bxutto 
B) Benazir Bxutto 
C) Liikat Alixon 
D) Muhammad Yahyoxon

32.    Nechanchi yili Pokiston prezidenti B. Bxutto hukumatini korrupsiyada ayblab, uni Bosh vazir lavozimidan ozod qilgan? 
A) 1988-yil 
B) 1989-yil 
C) 1990-yil 
D) 1994-yil

33.    Hokimiyatning oliy organi tomonidan jinoyat sodir etganlarga nisbatan qo‘llaniladigan jinoiy jazodan qisman yoki to‘liq ozod etish usuli mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) amnistiya 
B) denonsatsiya 
C) apellatsiya 
D) diversifikatsiya

34. «Kashmir qo‘shig‘i» qissasi muallifi – bu … 
A) Muhammad Iqbol 
B) Sharof Rashidov 
C) Usmon Azim 
D) O’tkir Hoshimov

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...