Skip to main content

XITOY 1946-1991-YILLARDA














1.   Hujjatlar almashinuvi, ishchilarni o‘qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan xalqaro kelishuv va shartnomalarda qo‘llaniluvchi, biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyini anglatuvchi atamani belgilang. 
A) innovatsiya 
B) nou-xau 
C) novatsiya 
D) investitsiya

2.   «G‘arb o‘lkasi haqidagi xotiralar» asari muallifi – bu … 
A) Roka Tokutomi 
B) Jon Golsuorsi 
C) Naoe Kinosito 
D) Yasusi Inoue

3.   Quyidagi qaysi yapon adibining asarida O’zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand kabi shaharlari haqida ma’lumotlar keltirilgan? 
A) Roka Tokutomi 
B) Xidetoshi Nakata 
C) Naoe Kinosito 
D) Yasusi Inoue

4.   II jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyat qaysi partiyaga tegishli hisoblangan? 
A) Gomindan partiyasi 
B) Kommunistik partiya 
C) Liberal-demokratik partiya 
D) Sotsial-demokratik partiya




5.   II jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyatga egalik qilgan Gomindan partiyasiga kim boshchilik qilgan? 
A) Sun Yatsen 
B) Yuan Shikay 
C) Chan Kayshi 
D) Den Syaopin

6.   BMTni tuzishda faol qatnashgan Xitoy hukumati rahbari kim edi? 
A) Mao Szedun 
B) Yuan Shikay 
C) Chan Kayshi 
D) Den Syaopin

7.   1945-yil avgustda quyidagi qaysi mamlakatlar vositachiligida Xitoy Kommunistik partiyasi va Gomindan partiyasi o’rtasida muzokaralar bo’lib, o’zaro dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga kelishildi? 
1. AQSH; 2. SSSR; 3. Buyuk Britaniya; 4. Fransiya; 5. Kanada; 6. Yaponiya.

8.   1946-yil iyunda quyidagi qaysi mamlakatda fuqarolar urushi qaytadan boshlangan? 
A) Koreya 
B) Vetnam 
C) Xitoy 
D) Hindiston

9.   Xitoyda qaytadan boshlangan fuqarolar urushida Chan Kayshi hukumati qaysi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan? 
A) SSSR 
B) AQSH 
C) Buyuk Britaniya 
D) Fransiya

10.   Xitoyda fuqarolar urushi davrida kommunistlar poytaxti qaysi shahar hisoblangan? 
A) Guanchjou 
B) Shanxay 
C) Uxan 
D) Yanan

11.   AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Chan Kayshi armiyasi nechanchi yili kommunistlarning poytaxti Yanan shahrini egallab olgan? 
A) 1946-yil 
B) 1947-yil 
C) 1948-yil 
D) 1949-yil

12.   Xitoydagi fuqarolar urushida gomindanchilarning oxirgi g’alabasi nechanchi yilga to’g’ri keladi? 
A) 1946-yil 
B) 1947-yil 
C) 1948-yil 
D) 1949-yil

13.   XX asr o’rtalarida quyidagi qaysi davlatda SSSRning iqtisodiy yordami va quroli bilan Xalq-ozodlik armiyasi qayta tuzilib, armiyada qat’iy tartib o‘rnatilgan? 
A) Shimoliy Koreya 
B) Xitoy 
C) Chexoslovakiya 
D) Mongoliya

14.   Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochilgan sanani aniqlang. 
A) 1945-yil avgust 
B) 1946-yil iyun 
C) 1947-yil iyul 
D) 1949-yil sentabr

15.   1949-yil sentabrda quyidagi qaysi shaharda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochilgan? 
A) Bandung 
B) Pekin 
C) Yanan 
D) Berlin

16.   Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilingan sanani belgilang. 
A) 1949-yil 1-oktabr 
B) 1947-yil 15-avgust 
C) 1978-yil 27-aprel 
D) 1938-yil 4-noyabr

17.   Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti mamlakatda «sotsializm qurish» to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanani belgilang. 
A) 1952-yil dekabr 
B) 1946-yil iyun 
C) 1947-yil iyul 
D) 1949-yil sentabr

18.   Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti tomonidan mamlakatda «sotsializm qurish» to‘g‘risida qabul qilingan qarorda quyidagi qaysi vazifalar ko’zda tutilgan? 
1. Mamlakatni industrlashtirish; 
2. Ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish; 
3. Demokratiyani rivojlantirish; 
4. Madaniy inqilobni amalga oshirish; 
5. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish.

19.   Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti tomonidan mamlakatda «sotsializm qurish» to‘g‘risida qabul qilingan qarorda ko’zda tutilgan vazifalar qancha muddatga mo’ljallangan edi? 
A) 5 yil 
B) 10 yil 
C) 15 yil 
D) 20 yil

20.   Xitoyni rivojlantirishning “Katta sakrash” deb nom olgan siyosati qaysi yillarda o’tkazilgan? 
A) 1950-yillar 
B) 1960-yillar 
C) 1970-yillar 
D) 1980-yillar

21.   Xitoyda “Madaniy inqilob” deb olgan o’ta ziddiyatli siyosat qaysi yillarda o’tkazilgan? 
A) 1950-yillar 
B) 1960-yillar 
C) 1970-yillar 
D) 1980-yillar

22.   Mao Szedun vafotidan keyin Xitoyda hokimiyatga kim kelgan? 
A) Den Syaopin 
B) Chan Kayshi 
C) Si Szinpi 
D) Yuan Shikay

23.   Den Syaopin va boshqa pragmatiklar tomonidan Xitoyda islohotlarning yangi strategiyasi ishlab chiqilgan sanani belgilang. 
A) 1970-yillar birinchi yarmi 
B) 1970-yillar o’rtalari 
C) 1970-yillar oxirlari 
D) 1980-yillar boshlari

24.   Nechanchi yildan Xitoyda qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlangan? 
A) 1966-yil 
B) 1975-yil 
C) 1981-yil 
D) 1988-yil

25.   Quyidagi qaysi davlatda 1981-yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlanishi natijasida mamlakat o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muammosini hal qilib, mahsulotlarni chetga eksport qila boshlagan? 
A) Fransiya 
B) Janubiy Afrika 
C) Hindiston 
D) Xitoy

26.   1989-yil bahorda quyidagi qaysi shaharda boshlangan talabalarining norozilik namoyishiga boshqa shaharlardagi ziyolilar ham qo‘shilishgan? 
A) Parij 
B) Pekin 
C) London 
D) Praga

27.   1989-yil mayda quyidagi qaysi shaharda favqulodda holat e’lon qilingan? 
A) Pekin 
B) Berlin 
C) Buxarest 
D) Moskva

28.   Tyananmin maydonidagi namoyishni kuch bilan tarqatib yuborishni buyurgan XXR rahbari kim edi? 
A) Den Syaopin 
B) Chan Kayshi 
C) Si Szinpi 
D) Mao Szedun

29.   1989-yilda talabalarning namoyishi qurolli kuch vositasida bostirilishi munosabati bilan quyidagi qaysi mamlakat parlamenti Xitoyga qarshi sanksiya e’lon qilgan? 
A) SSSR 
B) AQSH 
C) Buyuk Britaniya 
D) Fransiya

30.   Fuqarolar urushidagi mag’lubiyatdan so’ng Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar qayerda joylashib olganlar? 
A) Gonkong 
B) Tayvan 
C) Vetnam 
D) AQSH

31.   Qaysi davrga kelib Xitoy hamda G‘arb davlatlari bilan diplomatik munosabatlar tiklanib, unga Tayvan o‘rniga BMTda o‘z o‘rnini egallash imkoni berilgan? 
A) 1960-yillar 
B) 1970-yillar 
C) 1980-yillar 
D) 1990-yillar

32.   1970-yillarga kelib Xitoyning qaysi davlat bilan munosabatlari murakkabligicha qolgan? 
A) AQSH 
B) GFR 
C) SSSR 
D) Buyuk Britaniya

33.   Quyidagi qaysi davlat 1980-yillari yadro quroliga ega bo‘lgan davlatga aylandi va xalqaro munosabatlarda shunga yarasha o‘rin egallashga intildi? 
A) Fransiya 
B) Xitoy 
C) Pokiston 
D) Hindiston

34.   Qachondan boshlab Xitoyning SSSR bilan munosabatlari yaxshilanishiga erishilgan? 
A) 1980-yillar boshlari 
B) 1980-yillar o’rtalari 
C) 1980-yillar ikkinchi yarmi 
D) 1970-yillar oxiri

35.   Quyidagi qaysi atama “bir joyga to’playman” ma’nosini anglatib, davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi mazmunini ifodalaydi? 
A) konferensiya 
B) Kongress 
C) parlament 
D) konfederatsiya

36.   Maishiy ma’noda hayotga nisbatan o‘z qarashlari va amallarini foydali natijalarga qarab shakllantiruvchi shaxslar mansub bo’lgan falsafiy oqim qanday nomlanadi? 
A) radikalizm 
B) irredentizm 
C) pragmatizm 
D) ratsionalizm

37.   hukumatning ishlab chiqarish, daromad va xarajat, budjet, soliq, kapital kiritish, narx-navo, ijtimoiy himoya borasidagi uzoq muddatli, eng muhim tadbirlari rejasi mazmunini ifodalovchi atama – bu … 
A) doktrina 
B) strategiya 
C) direktiva 
D) model

38.   Xalqaro kelishuv va normalarni buzgan bir guruh shaxslar yoki butun boshli davlatga nisbatan qo‘llaniladigan cheklov chorasi mazmunini ifodalovchi atamani belgilang. 
A) moratoriy 
B) sanksiya 
C) boykot 
D) konsessiya

Comments

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
10- §. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING OʻRNATILISHI 16.   Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta oʻrganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga oʻzgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etgan Chor ma’muriyati vakili – bu ...  A) Krijanovskiy  B) Romanovskiy  C) Kaufman   D) Chernyayev 17.   K.Kaufman yetakchiligidagi Chor qoʻshinlari qachon Samarqandni bosib olishga kirishgan?  A) 1866-yil aprel  B) 1866-yil oktabr  C) 1868-yil aprel   D) 1868-yil may 18.   Choʻponota tepaligidagi jang qachon boʻlib oʻtgan?  A) 1866-yil 8-may  B) 1868-yil 1-may   C) 1868-yil 2-iyun  D) 1868-yil 28-iyun 19.   Chor qoʻshinlari Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharga jangsiz kirib borishgan?  A) Kattaqoʻrgʻon  B) Xoʻjand  C) Urgut  D) Samarqand Chor qoʻshinlarining Samarqandga kirib kelishi ...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...