Skip to main content

Taqriz №11


“KAPITAN GRANT BOLALARI”

JYUL VERN

Men yaqindagina Jyul Vernning “Kapitan grant bolalari” kitobini o’qib chiqdim. Asar “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati tomonidan 2016-yilda nashrdan chiqarilgan va asar 640 betni o’z ichiga oladi.

Asar roman janrida yozilgan bo’lib, “Jahon sarguzasht adabiyoti” turkumiga kiradi.

Romanning bosh qahramonlari bular: Glenarvan – “Dunkan” kemasining egasi, Elen – Glenarvanning xotini, Robert va Meri – kapitan Grantning bolalari, mayor Mak-Nabbs – Glenarvanning amakivachchalaridan biri, Jon Mangls – “Dunkan” kemasining kapitani. Asarda voqealar qizg’in ravishda davom etadi. Asarning eng muhim jihati shundaki, u juda ham mukammal tarzda yozilgan. Chunki Jyul Vernning o’zi ham ko’p narsalarni bilishi va shu asar uchun izlangani bu kitobni o’qish davomida yaqqol ko’rinib turadi. Romanning asosiy voqealari Glenarvanning shisha idish ichidagi yordam xatini topishidan boshlanadi va ular butun boshli janubiy dengizni aylanib chiqadilar va voqealar kapitan Grantni topilishi bilan tugaydi.

Asar voqealarida XIX asr voqealari tasvirlangan ya’ni Jyul Vern o’zi yashagan davrlar aks ettirilgan.

Kitob muallif tomonidan shu qadar puxta o’ylab yozilganki, kitobxon uni o’qiganida juda gʻayritabiiy his-tuyg’ularni his qiladi va har xil kayfiyatlarga tushadi. Ammo asar tugaganda esa kitobxon go’yoki o’zi shu narsaga erishgandek xursand bo’la boshlaydi.

Men bu kitobni 14 va undan katta yoshdagi o’quvchilarga tavsiya qilgan bo’lar edim. Chunki undagi ba’zi bir jumlalar 10-12 yoshli o’quvchilar uchun tushunarsiz bo’ladi.

Men bu romanni o’qib chiqib inson hech qachon yordam berishdan qochmasligi kerakligini, hech qachon umidni so’ndirish kerak emasligini va hayotda to’xtash mumkin emasligini o’zim uchun xulosa qilib oldim.

Men bundan oldin ham shu janrdagi, shu muallifning “O’n besh yoshli kapitan” kitobini ham o’qiganman. Lekin endi bir yo’nalish va bir muallifda qotib qolmoqchi emasman. Shu sababli endi urush mavzusidagi Erix Mariya Remarkning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” asarini o’qish niyatidaman.

10 Green sinf oʻquvchisi Abdulloh Joʻraxonov      

Comments

Anonymous said…
Prezident maktabida o'qiysizmi?

Popular posts from this blog

Taqriz №14 “CHINOR” ASQAD MUXTOR “Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oq...
Taqriz №8 “O’n besh yoshli kapitan” Jyul Vern (1828-1905) “O’n besh yoshli kapitan” asar i 1878-yil da yozilgan va bu asar   fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub bo’lib, sarguzasht romanlar sirasiga kiradi. Jyul Vern ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan mashhur. U asarlarida XIX asrda insonlarning dengizdagi hayotini, izlanishlarini ko’rsatibgina qolmay, yuz bergan xatarlarni, hozirgi navigatorlarsiz dengizda yo’nalish aniqlay olishlarini batafsil ko’rsatib o’tgan. Bu asarda “Piligrim” kemasida bo’lgan voqealar tasvirlangan. Kema kapitani Gul va uning yordamchilari kit ovi sababli halok bo’ladi va kema boshqaruvi uni yaxshi tushunadigan yolg’iz 15 yoshli Dik Sendga qolib ketadi. Yo’lda ular cho’kayotgan kemadan 5 nafar negr ­– Tom, Bat, Ostin, Akteon va Gerkulesni o’z kemasi d a qutqarib olishadi. Dikning bu sohadagi uquvi yo’qligi va kema oshpazi Negoroning xiyonati tufayli ular yo’ldan adashadi. Avstraliyadan Tinch okeani orqali Janubiy Amerik...
12- §. QOʻQON XONLIGINING BOSIB OLINISHI Qoʻqon xonligining uchta bayrogʻidan biri Oʻrta Osiyo xonliklari hududi (XIX asr oʻrtalari) 1.   Nechanchi yilda K.P.Kaufman Qoʻqon xonligida oʻz ta’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzgan?  A) 1853-yil  B) 1867-yil  C) 1868-yil  D) 1875-yil 2.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni qachon boshlangan?  A) 1873-yil  B) 1874-yil  C) 1875-yil   D) 1876-yil 3.   Poʻlatxon qoʻzgʻoloni rahbarining asl ismi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?  A) Nasriddinbek  B) Mulla Is’hoq   C) Mulla Hasan  D) Abdurah mon oftobachi Poʻlatxon (Mulla Isʼhoq Mulla Hasan oʻgʻli) 4.   Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon Poʻlatxon qoʻzgʻolonini bostirish uchun kimlar boshchiligida qoʻshin yuborgan?  A) Abdurahmon oftobachi, Mulla Is’hoq  B) Mulla Is’hoq, Musulmonqul mingboshi  C) Abdurahmon oftobachi, Nasriddinbek  ...