Skip to main content

Taqriz №11


“KAPITAN GRANT BOLALARI”

JYUL VERN

Men yaqindagina Jyul Vernning “Kapitan grant bolalari” kitobini o’qib chiqdim. Asar “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati tomonidan 2016-yilda nashrdan chiqarilgan va asar 640 betni o’z ichiga oladi.

Asar roman janrida yozilgan bo’lib, “Jahon sarguzasht adabiyoti” turkumiga kiradi.

Romanning bosh qahramonlari bular: Glenarvan – “Dunkan” kemasining egasi, Elen – Glenarvanning xotini, Robert va Meri – kapitan Grantning bolalari, mayor Mak-Nabbs – Glenarvanning amakivachchalaridan biri, Jon Mangls – “Dunkan” kemasining kapitani. Asarda voqealar qizg’in ravishda davom etadi. Asarning eng muhim jihati shundaki, u juda ham mukammal tarzda yozilgan. Chunki Jyul Vernning o’zi ham ko’p narsalarni bilishi va shu asar uchun izlangani bu kitobni o’qish davomida yaqqol ko’rinib turadi. Romanning asosiy voqealari Glenarvanning shisha idish ichidagi yordam xatini topishidan boshlanadi va ular butun boshli janubiy dengizni aylanib chiqadilar va voqealar kapitan Grantni topilishi bilan tugaydi.

Asar voqealarida XIX asr voqealari tasvirlangan ya’ni Jyul Vern o’zi yashagan davrlar aks ettirilgan.

Kitob muallif tomonidan shu qadar puxta o’ylab yozilganki, kitobxon uni o’qiganida juda gʻayritabiiy his-tuyg’ularni his qiladi va har xil kayfiyatlarga tushadi. Ammo asar tugaganda esa kitobxon go’yoki o’zi shu narsaga erishgandek xursand bo’la boshlaydi.

Men bu kitobni 14 va undan katta yoshdagi o’quvchilarga tavsiya qilgan bo’lar edim. Chunki undagi ba’zi bir jumlalar 10-12 yoshli o’quvchilar uchun tushunarsiz bo’ladi.

Men bu romanni o’qib chiqib inson hech qachon yordam berishdan qochmasligi kerakligini, hech qachon umidni so’ndirish kerak emasligini va hayotda to’xtash mumkin emasligini o’zim uchun xulosa qilib oldim.

Men bundan oldin ham shu janrdagi, shu muallifning “O’n besh yoshli kapitan” kitobini ham o’qiganman. Lekin endi bir yo’nalish va bir muallifda qotib qolmoqchi emasman. Shu sababli endi urush mavzusidagi Erix Mariya Remarkning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” asarini o’qish niyatidaman.

10 Green sinf oʻquvchisi Abdulloh Joʻraxonov      

Comments

Anonymous said…
Prezident maktabida o'qiysizmi?